So’nggi yangiliklar

11:28Факт. "Пахтакор" тарихда биринчи мартта Андижонда 6 та гол урди   0 10:47Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   5 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  1 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  11 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  8 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5

"Keyingi Jahon chempionatida bronzani oltinga aylantiramiz" - O'zbekiston amputantlar terma jamoasini kutib olish marosimidan reportaj+intervyu Yangiliklar

"Keyingi Jahon chempionatida bronzani oltinga aylantiramiz" - O'zbekiston amputantlar terma jamoasini kutib olish marosimidan reportaj+intervyu

Xabaringiz bor, yaqinda Turkiya mamlakatida amputantlar o'rtasida 17-jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Musobaqada 24ta jamoa ichida faxrli uchinchi o'rinni qo'lga kiritib bronza medallariga ega chiqqan hamyurtlarimiz kecha yurtimizga qaytib keldi. Tantanali ravishda kutib olish marosimida Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, bosh kotib Avaz Maksumov va mutasaddilar ishtirok etib terma jamoa azolarini mundialdagi ishtirok bilan samimiy qutladi. SHuningdek, futbolchilarning yaqinlari, OAV va muxlislar ham ajoyib muhit yaratgan holda matonatli qahramonlarni kutib olganini aytish joiz.


Abdujamil SHukurov (O'zbekiston amputantlar terma jamoasi o'ynovchi murabbiyi): - Jahon chempionatida kuchli terma jamoalar yig'ilgandi. SHaxsan o'zimga besh karra Jahon chempioni bo'lish nasib qilgan. Mundialga 100tadan oshiq davlatlar saralashdan o'tdi. 24ta jamoa ichida uchinchi bo'lish yomon natija emas. Yarim finalda mezbon Turkiyaga mag'lub bo'ldik. Muhimi quruq qaytmadik. Agarda finalga chiqqanimizda Angolani yutar edik. Bunga ishonchim komil edi. 

Keyingi Jahon chempionatigacha yoshlarimiz etishib chiqishsin. Ular o'sishga erishsin. Xudo xohlasa, prezidentimiz boshchiligida oltinchi marotaba Jahon chempioni bo'lamiz. 


Qudrat Hudoyqulov  (O'zbekiston amputantlar terma jamoasi futbolchisi) - Kuchli terma jamoalar bilan bellashdik. Turkiya o'zidagi mundialni nimadir qilib bo'lsa ham olishi kerak edi. Bronza medali bilan xalqimizni tabriklaymiz. Jahon chempionati 4 yilda bir marotaba bo'ladi. SHu bois borimizni berdik. 



Azizjon Azimov (O'zbekiston amputantlar terma jamoasi futbolchisi) - Turkiyada barchasi yuqori darajada tashkillashtirildi. Gap bo'lishi mumkin emas. Hamma jamoa o'ziga yarasha kuchli edi. Musobaqaning foydali tomoni shunda bo'ldiki, yoshlarimiz tajriba to'plashdi. CHunki ular uchun birinchi Jahon chempionati edi. Keyingi turnirda bronzani oltinga aylantirishni maqsad qildik. 

Italiyaga urilgan golga kelsak,  o'yin kuni tushlikda egizak farzandli bo'lgan edim. Qo'shaloq bayram bo'ldi. Yigitlar bilan birga nishonladik.



Ulug'bek Toshpo'latov (O'zbekiston amputantlar terma jamoasi futbolchisi) - Faoliyatimdagi ilk Jahon chempionatida qatnashdim. Murabbiylar, ustozlarim ishonch bildirib olib ketishdi. Hali maktab o'quvchisiman. Barcha sharoitlarni yaratib bergan rahbarlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Terma jamoamiz bitta oila. Yosh bo'lishimga qaramay o'z tajribalari bilan bo'lishishdi. Kerakli tavsiyalarni berib kelishmoqda. 



JCH-2022. O'zbekiston O'zbekiston amputantlar terma jamoasi Gaitini mag'lub etib, uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика