Kerrik: “Bu g'alaba Ole uchun”
24 noy 2021 08:00
Yangiliklar
Kerrik: “Bu g'alaba Ole uchun”
CHempionlar Ligasi 5-turi doirasida o'tgan “Vilyarreal” – MYU bahsidan (0:2) keyin “qizil iblislar” murabbiyi sifatida debyutini o'tkazgan Maykl Kerrik o'z fikrlarini bo'lishdi.
“O'ylashimcha, almashtirishlar katta tasir o'tkazdi. De Xea bizni o'yinga qaytardi. Futbolchilar va klub uchun qoyilmaqom kecha. Bu butun tarkibning g'alabasi, ular yaxshi futbolchilardan yig'ilgan ajoyib guruh. Hamda bu g'alaba Ole uchun deb aytishim mumkin.
Sancho uchun juda xursandman. Tinimsiz mehnat qildi, hatto to'psiz vaziyatlarda ham maydonda bor kuchini berdi. Bugun u o'z o'yinining ikkala jihatini ko'rsatdi va to'p kiritdi.
Menga yoqdi. Meni qo'llagan, yordam bergan murabbiylar shtabimga rahmat aytishim lozim. Bu mening kecham emas, balki futbolchilarniki bo'ldi. Bu yangicha boshlanish”, deydi Kerrik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar