So’nggi yangiliklar

00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  0 23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  1 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  116 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1

Kelishilgan o'yinlardagi yana bir nayrang. Perumal ko'pchilik bilmaydigan bir uslub haqida gapirdi, 2-qism Yangiliklar

Kelishilgan o'yinlardagi yana bir nayrang. Perumal ko'pchilik bilmaydigan bir uslub haqida gapirdi, 2-qism

Yaqindagina mamlakatimizda kelishilgan o'yinlar bilan bog'liq katta mashmasha ko'tarildi.

Yakunda O'FA Etika qo'mitasi "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Kaxi Maxaradze va yana bir futbolchi Evgeniy Kochnevlarni jiddiy jazoladi. O'FAning to'liq bayonotini quyidagi linkda o'qib olishingiz mumkin >>> 

Maxaradze 5 yilga futboldan chetlatildi — Etika qo'mitasi qarori

Ana shu mavzu ko'tarilgan paytda "Championat.asia" saytining ikki vakili Gayrat Xasbiullin hamda kamina Tolibjon Qosimov Vengriya poytaxti Budapeshtda bo'lib turgandik. Bundan maqsad O'zbekiston va Vengriya U-18 terma jamoalari o'rtasidagi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini yoritish edi. Taqdirni qarangki, safarimiz kutilmaganda ancha barakali ko'rinish oldi. U erda Vengriyaning jahonga mashhur Pushkash akademiyasi direktori bilan tanishdik, u esa bizni akademiyaga taklif qildi. Keyinroq, ajoyib akademiyaga safarimizga bag'ishlangan katta maqolani ham o'qishingiz mumkin. Va bu hammasi emas. Biz Budapeshtdaligimizda Toshkentda kelishilgan o'yinlar bilan bog'liq Tezkor studiya bo'ldi va unda men ham Vengriyadan turib aloqaga chiqdim. Budapesht ko'chalaridagi kafelardan birida tushlik qilib o'tirarkanmiz, hamrohim Gayrat aka Perumal aynan Vengriyada yashayotgani haqida aytib qoldi. O'zining "Kelishilgan o'yinlar qiroli" nomli kitobi va bir paytlar "CNN" telekanaliga bergan shov-shuvli intervyusi bilan mashhur bo'lib ketgan bu inson 2 yildan beri Vengriyaning Debrecen shahrida yashab kelayotgan va mana shu davr ichida umuman omma nazariga tushmagandi. Yani, jimgina hayot kechirib kelayotgandi. Hech qanday intervyu va chiqishlar yo'q.

Biz esa ana shu jimlik qariga g'arq bo'lgan Uilson Raj Perumalni topish va undan intervyu olishni o'ylab qoldik. Bularning barchasi kutilmaganda va juda tez ro'y berdi. Bunday inson bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqaga chiqish tugul, uni qidirib topishni o'zi oson ish emas. Ammo, biz shunchaki taslim bo'lishni istamasdik. Sababi, biz u yashayotgan shahardan bor yo'g'i bir necha soatlik yo'l uzoqda edik. Budapeshtdan quruq qo'l bilan qaytish alam qilardi. Xullas, rus va italiyalik tanishlarga chiqib janob Perumalni izlashga tushdik. Natija uzoq kuttirmadi. Ertasi kuni tongda biz u bilan to'g'ridan-to'g'ri telefon orqali suhbatlashdik. SHu tariqa, biz Debrecenga boradigan bo'ldik. Debrecen Vengriya sharqida joylashgan va aholisi soni bo'yicha Budapeshtdan keyingi ikkinchi shahar hisoblanadi. Poytaxtdan u ergacha poezdda 3 soatlik yo'l.

U ayni paytda 18 noyabrga qadar uy qamog'ida bo'lgani bois, biz to'g'ri u yashayotgan uyga bordik va o'sha erda suhbat qurdik. Uning uyidagi ikkita it (kuchuk)ni hisobga olmasa hammasi yaxshi o'tdi)

Perumal bilan bunday noyob va eksklyuziv intervyu qilishimizda asosiy ishni Gayrat Xasbiullin hamda Jalolxon Inog'omxo'jaev (bu xodimimiz muzokaralarning muhim pallasini olib bordi va intervyuni inglizchadan to'liq tarjima qilishda jonbozlik ko'rsatdi).

Kecha ana shu intervyuning Maxaradze ishi bilan bog'liq joylarini etiboringizga havola etgan edik.

Bum! Maxaradze "Lokomotiv"da yolg'izmidi? Bu tizim aslida qanday ishlaydi va unda bir jamoadan necha o'yinchi qatnashadi?! "Kelishilgan o'yinlar qiroli" javob berdi

Bugun esa kelishilgan o'yinlarning yana bir o'ziga xos uslubi haqida gap borgan qismini o'qishingiz mumkin bo'ladi. Ancha yillar oldin bu "uslub"dan foydalanishgan, ammo bugungi kunda buning imkoni yo'q.


Ular (kimlar ekanligini suhbatning ertangi to'liq variantida bilib olasiz) stadionlarda chiroqni o'chirib qo'yish bilan shug'ullanishgan. Avvallari agarda stadionda chiroq o'chib qolsa, o'yin to'xtatilib, natija o'sha holda qolar edi. Boyagi guruh ikkinchi taym boshlanishdan bir daqiqa o'tib agarda hisob ularni qoniqtiradigan bo'lsa, stadion chiroqlarini o'chirib qo'yishardi. Hisob esa ularga qulay holatda to'xtatilardi. O'sha paytda agar ular "stavka" qilgan jamoa oldinda bo'lsa, ikkinchi taym boshlanmasdi. Keyinchalik bukmeykerlar bu qoidani o'zgartirishdi va o'yin 90 daqiqa davom etishi shart qilib belgilandi.

- Bizda ham shunga o'xshash holat ro'y bergan. O'zbekiston va Iordaniya milliy terma jamoalari Toshkentda o'zaro o'ynashgan (2013 yilning 10 sentyabrida). O'sha uchrashuvning ekstra taymlarida "Paxtakor" stadionida svet o'chib qolgan...

- Bu qanday o'yin edi va o'shanda bellashuv to'xtatilganmi?

- JCH-2014 saralashi pley-off bosqichi doirasidagi bahs edi. Uchrashuv esa bir necha daqiqalardan keyin davom ettirilgan va yakunda penaltilar seriyasida Iordaniyaning qo'li baland kelgan.

- Haaa, bazida stadionda qo'shimcha generatorlar bo'ladi. Bunga bir qiziq holatni misol qilib keltiraman. "Barselona" va "Fenerbaxche" Turkiyada o'ynashi kerak. Ispan klublari biror marta Turkiyada mag'lub bo'lishmagandi. Ular "Fenerbaxche"ga pul tikishdi. Biroq 66-daqiqada "Barselona" 3:0 hisobida oldinga chiqib oldi. SHundan so'ng ular stadion chiroqlarini o'chirib qo'yishdi, ammo stadionda qo'shimcha generator bor ekan. O'yin davom ettirildi va ular bor pullaridan ayrilishdi. Agarda chiroq o'chib, qayta yonmaganda barcha tikilgan pullar ortiga qaytarilardi.

"Fenerbaxche" - "Barselona" o'yini haqida >>>>>  Istanbuldagi stadionda svet o'chib qolgan o'yin



- Menimcha chiroqlarni o'chirib qo'ya oladigan odam shu tizimga ancha yaqin inson bo'lishi kerak?

- Endi bu ularni ishi. Menimcha bu ishni qilish uchun professional bo'lish kerak. Sababi bu insonlar simlarni uzib tashlashni bilishlari kerak. Bilasizmi, Boku shahrida meni so'roq qilgan germaniyalik policiya xodimiga sizga aytganlarimni aytib bergandim. U menga shunday savol berdi: "Simlarni kesib tashlash xavfli emasmi?". "Men qaerdan bilaman?", - deb javob berdim. Bu ularni ishi, bizning ishimiz pul tikish. Men kelishilgan o'yinlarni tashkil qilaman, qolganini bilmayman.

P.S. Intervyuning kecha berilgan birinchi qismidan so'ng bizga ayrim o'quvchi va futbol muxlislaridan qolgan qismlarini chiqartirishmasa kerak qabilidagi fikrlar keldi.

Raj Perumal bilan suhbatning to'liq qismi payshanba, 22 sentyabr kuni etiboringizga havola etiladi. "Championat.asia"ni kuzatishda davom eting.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика