So’nggi yangiliklar

17:52Расман: Манчини Қатар клубида иш бошлади  0 17:30Франция бугун масалани ҳал қила оладими ва Грузиянинг сўнгги имкони! Барчаси терма жамоаларнинг топ ўйинлари ҳақида  0 17:10Мисрлик журналист: "Ўзбекистонга қарши учрашув Африка Кубоги учун услубни синовдан ўтказиш имконияти дегани. Салоҳ Месси эмас"  1 16:46"Реал" стадиони номига ўзгартириш киритди  4 16:20Кристенсен: "Умид қиламанки, "Барселона"да қоламан. Менда Б режа йўқ"  1 15:51Жеррард Англия жамоаси бошқарувига келиши мумкин  0 15:27Ўзбекистонлик ҳакамлар Португалия – Бельгия баҳсида ишлайди  1 14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  4 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  3 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  8 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  3

Kelgusi mavsumni qaerda o'tkazishi, legionerlar va chempionatning eng yaxshi futbolchilar haqida Iqboljon Malikjonov qanday fikrda? Yangiliklar

Kelgusi mavsumni qaerda o'tkazishi, legionerlar va chempionatning eng yaxshi futbolchilar haqida Iqboljon Malikjonov qanday fikrda?

Yakunlangan mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasi O'zbekiston Superligasini 8-o'rinda tugatdi.

Mavsum yakunlari va kelgusidagi rejalari borasida jamoa yarim himoyachisi Iqboljon Malikjonov bilan suhbatlashdik. 

Mavsum-2021 qanday o'tdi?

- O'tgan yilgi mavsumga nisbatan 2021 yilgi natijalarimiz pastroq bo'ldi. CHunki qaysidir o'yinlarda o'z darajamizda o'ynay olmadik. Qolaversa, omad etishmagan holatlar ko'p bo'ldi. Ayniqsa, birinchi davrada o'z maydonimizda muxlislar kutgan darajada namoyish eta olmadik. Yuqori o'rinlarning birida egallash va muxlislarimizga ijobiy natija ko'rsatishimiz kerak edi. 

Keyingi mavsumni qaysi jamoada o'tkazadi?

- Katta ehtimol bilan “Qo'qon-1912”da qolaman. 

Ivan Yosovich va qolgan legionerlar borasida

- Legioner futbolchi mahalliylardan bir bosh ustun bo'lishi kerak. Yosovich yaxshi saviyadagi himoyachi deb bilaman. Ishonchli o'yini tufayli muxlislarimizni ham mexrini qozondi. Qolgan legionerlarimiz ham o'zlarida ijobiy taassurot qoldirdi.

“Eng yaxshi futbolchi”

- Bu yil ko'p futbolchilar o'zlarini ko'rsatishdi. Nazarimda bu mavsumda Dragan CHeran, Husayn Norchev va SHohruz Norxonovlar o'zlarida yaxshi taassurot qoldirdi. Albatta shu mening shaxsiy fikrim.  

“Eng yaxshi murabbiy”

- Qiyin tanlov. SHunga qaramay men Ro'ziqul Berdiev, Ulug'bek Baqoev va Baxtiyor Ashurmatov nomzodlarini qo'ygan bo'lardim.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика