Xorvatiya U-17 bosh murabbiyi: "Hech qanday raqibdan qo'rqmaymiz"
12 noy 11:10
Yangiliklar
Xorvatiya U-17 bosh murabbiyi: "Hech qanday raqibdan qo'rqmaymiz"
"Avvalambor, shogirdlarimni musobaqaning pley-off bosqichiga yo'l olgani bilan tabriklayman. Guruhdagi oxirgi o'yinni to'laqonli nazorat qildik. G'alaba qozonishdan tashqari, imkon qadar ko'proq gol urishga intildik. Senegal natijasini bilganimizdan keyin esa bor kuchimiz bilan yana bir gol urishga harakat qildik, ammo afsuski, bunga erisha olmadik. Senegal BAAga qarshi fantastik o'yin ko'rsatdi, beshta gol urdi va to'plar farqi hisobiga guruhda birinchi o'rinni egalladi.
Biroq bu hech narsani o'zgartirmaydi – guruh bosqichida uchta ajoyib o'yin o'tkazdik. Endi esa ijobiy ruhda oldinga qarab harakatlanamiz. Pley-off bosqichida uzoqqa borish uchun har bir o'yinda g'alaba qozonish kerak. Intizom va ajoyib yigitlar jamuljam ekan, hech qanday raqibdan qo'rqmaymiz", – dedi 45 yoshli mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Xorvatiya o'rtasidagi bellashuv 15 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:45 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar
PLEY-OF BOSQICHIDA AGARDA ASOSIY VAQTDA DURANG BO'LSA, QO'SHIMCHA TAYMLAR BO'LADIMI YOKI DARROV PENALTIGA O'TADIMI???