Kelasi mavsumda asosiy futbolchi bo'lsagina Ronaldu MYUda qoladi
06 may 2022 00:55
Yangiliklar
Kelasi mavsumda asosiy futbolchi bo'lsagina Ronaldu MYUda qoladi
Krishtianu Ronaldu kelasi mavsum ham "Manchester Yunayted"da o'ynashi mumkin.
Buning uchun portugaliyalik forvard jamoaning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan gaplashib olishi kerak. Unga ko'ra, Ronaldu kelasi mavsumda ham jamoaning asosiy futbolchisi bo'lsagina MYUda qolishi va istalgan evrokuboklarda o'ynashga tayyor turibdi.
Ronalduning mankunianliklar bilan shartnomasi yana bir mavsum davom etadi. Ammo hozirda Edinson Kavani hamda Antoni Marsyal MYUdan to'laqonli ketishi ehtimoli katta bo'lib turganini inobatga olsak, klub Ronaldu bilan xayrlashmasligi mumkin.
Ronaldu ushbu mavsum APLning 29 o'yinida qatnashib, 18 gol va 3 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar