So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Kechagi kun tomoshasi... Tunis – Mali uchrashuvida nima(lar) ro'y berdi? Yangiliklar

Kechagi kun tomoshasi... Tunis – Mali uchrashuvida nima(lar) ro'y berdi?

Tunis terma jamoasi Mali bilan bahsda hakamdan jabr chekdi, ammo bu SHimoliy Afrika jamoasining yagona muammoasi emas.

Demak, voqealar rivoji haqida bir boshidan to'xtalib o'tamiz:

48-daqiqa: To'p tunislik futbolchi Sxirining qo'liga tekkanidan so'ng penalti berildi. Mali hisobni ochdi.

76-daqiqa: To'p qo'lga tekkani tufayli VAR orqali navbatdagi 11 metrlik belgilandi. Bu safar Tunis foydasiga.  

77-daqiqa: Mali darvozaboni Ibraim Munokoro Vaxbi Xazrining zarbasini qaytarishga erishdi. Hisob o'zgarmasdan qoldi – 0:1.

85-daqiqa: Referi Janni Sikazve o'yin nihoyasiga etganini bildiruvchi hushtakni chaldi, ammo tunisliklarning etirozlaridan keyin bahs qayta tiklandi. Bu paytga kelib stadionning hech qaerida vaqt ko'rsatib turadigan moslama mavjud emasdi.

87-daqiqa: Mali o'yinchisi Al Bilol Ture to'g'ridan to'g'ri maydondan chetlatildi. VAR Sikazvedan vaziyatni yana bir bor ko'rib chiqishni so'radi, biroq qahramonimiz o'z fikrida qoldi va qaror o'zgarmadi.

89-daqiqa: Sikazve tomonidan yana bir bor o'yin tugagani haqida hushtak yangradi (qanotda to'rtinchi hakam qo'shimcha vaqtni namoyish etishga shay holatda, uning tablosida 4 raqami yonib turibdi, sekundomerda esa vaqt 89:49 ni ko'rsatmoqda). Dahshat!

SHundan so'ng maydonda talato'p boshlandi. Tunis shokda – futbolchilar va terma xodimlari yana hakamning qaroriga keskin qarshilik ko'rsatishdi. Murabbiy Mondxer Kabeyerning shaxsan o'zi Sikazve bilan gaplashishga oshiqib, o'z soatini namoyish qildi, ammo hakam bunga quloq tutmadi va jamoalarni dam olishga, maydonni tark etishga chaqirdi.

Tartibni saqlash uchun styuardlar xizmatiga murojaat etildi

Bu orada Mali ustozi Muhammad Magassuba matbuot anjumaniga yo'l oldi, biroq murabbiydan maydonga qaytishini so'rashdi. Uzoq davom etgan uchrashuvni tugatib qo'yishga kelishildi, uning shogirdlarini ham maydonda kutishdi.

Maliliklar chiqishdi, lekin raqiblari iltimosni qabul qilishmadi. Tunis futbolchilari bundan shunchaki bosh tortishdi (oradan chamasi 40 daqiqa o'tib ketgandi).

"Sportga xos bo'lmagan jarayonni nazoratga olish qiyin. 85-daqiqada u final hushtagini chaldi. 89-daqiqada ham shu holat ro'y berdi. Aslida 7-8 daqiqa qo'shib berilishi taxmin qilingandi. Uning qarori mutlaqo tushunarsiz bo'ldi. O'yinchilarim allaqachon, 35 daqiqadan beri muzli hammom qabul qilayotgandi – keyin ularni yana maydonga tushishga chorlashdi. SHuncha yildan buyon murabbiylik qilaman, biroq ilgari bunaqasiga duch kelmaganman va hali ham hech narsani tushunmayapman. To'rtinchi hakam tabloni ko'tarish arafasida edi, ammo ungacha o'yin tugagani haqida hushtak chalindi. Barchamiz bundan shokka tushdik", – deya hayratini yashirmadi Kebayer.

Xullas, Tunis maydonda paydo bo'lmadi. SHu tariqa, qishning eng shov-shuvli bahsida Mali g'alaba qozondi (1:0). 

"Men futbolchilarga faqat maydondagi vaziyatlarni boshqara olishimiz mumkinligini, maydon tashqarisidagi holatlarning barchasi mamurlarga bog'liqligini takidladim. Bizni maydonga qaytarib, o'ynashimizni aytishganida, bunga tayyor edik. Afsuski, raqiblarimiz chiqishni xohlashmadi", – dedi Magassuba.

Tunis – Mali 0:1  

«Limbé Omnisport Stadium»

Gol: 0:1 – 48, penalti Kone.

Tunis – Ben-Said, Matluti, Ifa (Jaziri, 81), Bronn, Talbi, Maalul, Sxiri, Laiduni (Sliman, 67), Sliti (Tuzgar, 79), Mejbri (Kaui, 46), Xazri.

Mali – Munkoro, Traore, Sako, Kuyate, Aydara, Traore (Bissuma, 59), Samasseku, Aydara (Kulibali, 81), Jenepo (Ture, 81), Traore (Dumbiya, 73), Kone (Kulibali, 73).

Ogohlantirishlar: Traore (18), Matluti (22), Jenepo (33), Sxiri (47).

CHetlatish: Ture (87).

Endilikda o'yinni muddatidan oldin yakunlagan bosh hakamning qilig'idan g'azablanib, maydonga chiqishdan bosh tortgan Tunisni jazo kutmoqda.

Afrika kubogi — o'zgacha musobaqa. Ishtirokchilar orasida Evropa top-chempionatlarida to'p tepadigan yulduzlar ko'p. Biroq musobaqa o'yin tashkilotchiligi bobida maqtana olmaydi, etibor shu kabi "qovun tushirishlar" evaziga jalb qilinadi. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика