Kazemiro: "Real"dagi bu voqeani hech bir intervyuda gapirmaganman"
18 fev 13:44
Yangiliklar
Kazemiro: "Real"dagi bu voqeani hech bir intervyuda gapirmaganman"
Kazemiro "Madrid"da bo'lgan hodisani yodga oldi.
"Men sizga hali hech qachon, hech bir intervyuda aytmagan bir voqeani aytib beraman. Milanda o'tgan "Atletiko"ga qarshi ECHL finalidan keyin hammamiz g'alabani nishonlayotgandik, Luka Modrich oldimizga keldi va shunday dedi: "Do'stlar, endi biz yana ikki bor ECHL bosh sovrinini yutishimiz kerak".
Biz unga javoban: "Luka, shoshilmasangchi, o'zingni bos, biz shundoq ham deyarli ketma-ket ikki bor bosh sovrinni qo'lga kiritdik — Lissabonda va o'sha erda".
U esa: "Yo'q, yo'q. Bunday ajoyib jamoa hosil bo'lgan ekan, bundan unumli foydalanib qolishimiz va kamida ikki marta ketma-ket ECHLda zafar quchib tarixga kirishimiz kerak".
Va biz buni uddaladik. Ketma-ket yana ikkita kubok: 12 va 13-sovrinlar. Luka hammasini bilardi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar