Kavani Superkubokda “PSJ”ga yordam bera olmaydi, Neymarning ishtiroki so'roq ostida
29 iyu 2018 19:34
Yangiliklar
Kavani Superkubokda “PSJ”ga yordam bera olmaydi, Neymarning ishtiroki so'roq ostida
“Pari-Sen-Jermen” klubi hujumchisi Edinson Kavani Franciya Superkubogi doirasidagi “Monako”ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi, deb xabar bermoqda L’Equipe nashri.
Urugvaylik hujumchi jarohatidan to'laligicha forig' bo'lishga ulgurmadi. Kavani bu jarohatni JCH-2018 1/8 finalidan o'rin olgan Portugaliya (2:1) bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda orttirib olgandi. SHu kunlarda 31 yoshli futbolchi Parijga etib keladi va muolajalarni davom ettiradi.
Bundan tashqari, braziliyalik hujumchi, dunyoning eng qimmat futbolchisi bo'lgan Neymarning ham Superkubok o'yinida ishtirok etishi so'roq ostida turibdi. Franciya Superkubogi uchun PSJ va “Monako” jamoalari o'rtasidagi o'yin 4 avgust kuni Xitoyda bo'lib o'tadi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar