Kasilyasda yana sog'liq bilan bog'liq muammo yuzaga keldi
06 may 2021 01:20
Yangiliklar
Kasilyasda yana sog'liq bilan bog'liq muammo yuzaga keldi
"Real" va Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas sog'lig'i borasida muammolarni boshdan kechirmoqda.
Manbaga ko'ra, Kasilyas 28 aprel, chorshanba kuni ko'krak qafasidagi qattiq og'riq tufayli darhol do'sti hamrohligida Madrid kasalxonasiga borgan.
Hayriyatki, sinov va tekshiruvlardan o'tgach, ispaniyalikda yurak xuruji qayd etilmadi. Sobiq futbolchiga erta tongda uyiga qaytishi uchun javob berildi.
Eslatib o'tamiz, 2019 yil 1 mayda Iker Kasilyas "Portu" bilan mashg'ulot paytida miokard infarktiga chalingan edi. O'sha paytda darvozabon 37 yoshda edi. SHundan so'ng Kasilyas boshqa o'ynamadi.
Fikrlar