So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

Kasbini yaxshi ko'rmaydigan yulduzlar Yangiliklar

Kasbini yaxshi ko'rmaydigan yulduzlar

Dunyo tanigan yulduzlar aslida futbolni yoqtirmasligini aytsak, ishonarmidingiz?

2021 yil oktyabr oyida "Arsenal"ning 50 million funt sterlingga sotib olgan himoyachisi Ben Uayt futbol ko'rishni unchalik ham yoqtirmasligi va Patrik Vieyraning o'yinlarini hech qachon ko'rmaganini tan olgandi. SHu sababli, dunyodagi eng mashhur o'yinni tomosha qilishni yoqtirmaydigan futbolchilarni yodga olishga qaror qildik.

Odatda, qilayotgan ishingdan zavq olsang, o'zing sevgan ish bilan mashg'ul bo'lsang, muvaffaqiyatga erishasan deyishadi. Ammo bu yigitlar buning aksi bo'lishini amalda isbotlay olishgan.


Garet Beyl

Beylga futbol o'ynash yoqsa ham, endilikda u faqatgina Uels termasida to'p tepishni yoqtiradi, shekilli. SHuningdek, Garet golf havaskori ekani hech kimga sir emas. Ammo forvard unga nafaqat golf o'ynash, bakli uni tomosha qilish ham yoqishini aytgan. Bazilar qanchalar ham zerikarli mashg'ulot deyishlari mumkin, faqat Beyl emas.


Karlos Teves

Teves "Boka Xuniors"ni, "Boka Xuniors" esa Tevesni juda yaxshi ko'radi, lekin shu erda argentinalikning qiziqishi yakunlanadi. Endi u nega "MYU"dan "Manchester Siti"ga o'tgani malum.

"Men futbolni yoqtirmayman. Agar bir kanalda "Barselona" - "Real" uchrashuvi, boshqa kanalda golf bo'yicha turnir bo'layotgan bo'lsa, hech ikkilanmay, golfni tanlagan bo'lardim".


Mark-Andre ter SHtegen

Futbol germaniyalik posbonga yiliga millionlab evro keltiradi. Ammo u hattoki, Ispaniya chempionati futbolchilarini ham tanimaydi.



"Bazida mendan qaysidir futbolchi haqida so'rashadi, men esa u kimligini ham bilmayman. Ochig'ini aytsam, Primera o'yinchilarini yuzidan taniyman, ammo ism-familiyasi bilan eslab qololmayman".


Gabriel Batistuta

"Fiorentina" va Argentina terma jamoasi afsonasi hech qachon o'zining ismini baralla kuylayotgan tumonat muxlislar qarshisida to'p tepishni ishdan ortiq bir narsa deb hisoblamaydi. Xo'sh, unda futbolchi nima ish bilan zavqlanib shug'ullanadi? Polo.

Bu borada buyuk forvardni tushunish mumkin, chunki futbol tufayli og'ir operaciyani boshdan o'tkazgan.

"Tatil paytlari Argentinaga qaytganimda, do'stlarim polo o'ynashga taklif qilishardi. Avvaliga shunchaki qiziq tuyulgandi, lekin keyin uni juda yoqtirib qolganman. Bu — xobbi, ammo muntazam ravishda darajamni ko'tarishga harakat qilaman".


Karlos Vela

Meksikalik futbolchi Evropadan shunchaki ko'chib ketgani yo'q. London yoki San-Sebastyanga qaraganda, Los-Anjelesdagi hayot ancha qiziqroq. Rostini aytadigan bo'lsak, Evropadan ko'ra, Amerika ko'chalarida Velani kamroq inson taniydi.


"Yaxshi film yoki yaxshi futbol uchrashuvidan birini tanlash lozim bo'lsa, ochig'i, kino ko'rishni afzal deb bilaman. Hech qachon birorta klubga muxlislik qilmaganman. Bahs tugadi va u bilan bog'liq barcha narsa men uchun ham o'sha erda yakuniga etadi. Bo'sh vaqtimda men bilan futbol haqida suhbatlashishni hayolingizga ham keltirmang!".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика