Karvaxal: "Real" tubiga etib bordi"
15 jan 14:34
Yangiliklar
Karvaxal: "Real" tubiga etib bordi"
"Bugun biz tubiga etib bordik. Ikkinchi divizion jamoasiga yutqazdik, ularni tabriklayman. Ertadan boshlab individual va jamoaviy tanqidni amalga oshirishimiz kerak. Bu mavsumda reabilitaciya qilish uchun hali vaqt bor. Oldinda g'alaba uchun kurashishimiz shart bo'lgan ikki ajoyib turnir turibdi. Hozir "Real" eng yaxshi holatida emas, shuning uchun qattiq mehnat qilishimiz lozim. Hammamiz ancha ko'proq kuch sarflashimiz shart — bu haqiqat.
Muxlislardan uzr so'raymiz. Bu klub talab qiladigan darajaga hozircha javob bermayapmiz. Yaqin oylardagi o'yinlarda to'liq kuch bilan harakat qilishga vada beramiz, vaziyat o'zgaradi", – dedi Karvaxal.
Bu Madrid jamoasining Alvaro Arbeloa qo'l ostidagi ilk uchrashuvi bo'ldi. U hafta boshida Ispaniya Superkubogida "Barselona"dan (2:3) mag'lubiyatdan keyin Xabi Alonsoni almashtirgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar