Karvaxal: "Ortga qadam tashladik"
25 apr 2021 10:55
Yangiliklar
Karvaxal: "Ortga qadam tashladik"
LaLiganing 32-turi doirasida "Betis" bilan qayd etilgan durangdan keyin "Real" himoyachisi Dani Karvaxal o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz g'alaba qozonadigan darajada yaxshi o'ynay olmadik, shuningdek, ortga qadam tashladik. Futbolchilar raqib darvozasi yaqinida kutilgan o'yinni namoyish qila olishmadi, deb o'ylayman. Endi durang bizni etakchilikdan ayirdi.
Taqvim juda og'ir, yo'qotishlar juda ko'p. Murabbiy bir necha futbolchilarni rejasiga kirita olmayapti. O'ynayotganlar esa dam ololmayapti.
Mavsum yakuniga qadar 15 ochko to'plash mumkin, shuning harakatidamiz. Biroq bugun biz etakchiga bosim berish imkoniyatini yo'qqa chiqardik", - dedi Karvaxal.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar