Karrager: "U - murabbiyning ishdan ketishidagi asosiy sabab. Tunnelda yig'lashni boshlama"
24 jan 08:35
Yangiliklar
Karrager: "U - murabbiyning ishdan ketishidagi asosiy sabab. Tunnelda yig'lashni boshlama"
"U — asosiy muammo. Aynan shuning uchun murabbiy ishidan ayrildi. Bu qanday ishlashini hammamiz bilamiz. Lekin muxlislar ѐmg'irdek hushtak chalgani uchun tunnelda yig'lashni boshlama! Sen murabbiyning ishdan bo'shatilishiga sababchisan! Unga hech qanday achinish yo'q. Men shuni aytyapmanki, muxlislar ularning haqiqiy qiyofasini ochib tashladi.
Xabi Alonso "Real"ning murabbiy sifatida emas, balki futbolchi sifatidagi afsonasidir. U u erda Chempionlar ligasi va La Ligani yutib olgan. U, albatta, o'rganayotgan yuqori saviyadagi yosh murabbiy.
Men bu holat uchun Vinini tanqid qilmadim, chunki "Real" uchun bunday vaziyat oddiy hol. Ilgari ham boshqa o'yinchilar shunday qilgan va murabbiy ishidan ketgan. Alonso buni bilardi, u nimaning ichiga kirib ketayotganini tushunardi. Lekin tunnelda yig'lashni boshlama", — deydi Karrager.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
Vinni sotilmasligi haqiqatga yaqinroq oʻz darajasini koʻrsatishi ham
oxirgi oʻyin qaytishni boshlanish nuqtasi boʻldi deb oʻylayman bugun ham Zoʻr oʻyin kutyapman Vinnidan
Afsonalik haqida gap ketganda Vinni Real Madridga Alonsodan koʻproq narsa berib boʻlgan.
Vinni Iqtidor shuncha tanqid qilinayotgan mavsumida ham 7 gol 11 assist qilib boʻldi va hammasini ortga tashlab davom etishi katta ehtimol. Keyin yana bir gap qaysi Chap qanot vinger oʻynolmayotgan Vinnidan yaxshiroq natija qilyapti????