Karrager "Liverpul" transferlari haqida: "Odatda bunday ishni "Real" qilardi"
21 okt 01:22
Yangiliklar


Karrager "Liverpul" transferlari haqida: "Odatda bunday ishni "Real" qilardi"
"Ular juda ko'p futbolchi bilan shartnoma tuzishdi va bu murabbiy uchun muammo yaratdi.
Agar siz shuncha pulni futbolchilarga sarflasangiz, ularni jamoaga moslashtirish, tizimda to'g'ri ishlashini taminlash kerak bo'ladi. Florian Virtc bir necha hafta davomida "Liverpul" asosiy tarkibiga kirolmasligi haqidagi fikr – absurd. Murabbiy bu ishni amalga oshirish yo'lini topishi kerak.
Bu menga "Real"ni eslatadi. "Liverpul"ning yozgi transferlar oynasida tutgan yo'li "Real"ga o'xshab ketdi. Oddiyda, mening davrimda va Yurgen Klopp davrida "Liverpul" bozordagi eng yaxshi futbolchilarni sotib olmasdi. Bu ularning uslubi emasdi, ammo bu yozda shunday qilishdi.
Aleksander Isak ehtimol, bozordagi eng yaxshi hujumchi edi, Florian Virtc esa eng kuchli "o'ninchi raqam" – ular uchun katta mablag' sarflandi. Odatda bunday ishni "Real" qilardi, keyin esa Visente Del Boske yoki Karlo Anchelotti kabi murabbiylar bu vaziyatni hal qilishga majbur bo'lishardi. Hozir Arne Slot ham xuddi shunday holatga duch keldi", – dedi sobiq "Liverpul" himoyachisi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar