Karpin: “Albatta, bizni Tojikistonga qarshi o'yin uchun tanqid qilishadi”
18 noy 2022 10:38
Yangiliklar
Karpin: “Albatta, bizni Tojikistonga qarshi o'yin uchun tanqid qilishadi”
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin Tojikiston bilan o'rtoqlik uchrashuvidagi durang (0:0) haqida fikr bildirdi.
"O'yin teng o'tmadi. Mutlaqo. Natija adolatli bo'lishi mumkin. Futbol sifati? Birinchi bo'lim menga yoqdi, ammo ikkinchi taymda nazorat kam bo'ldi, o'yin maydon markazisiz davom etdi. Ayniqsa, ikkinchi taymning dastlabki 20 daqiqasida. Keyin yana o'yin nazoratini qo'lga oldik. Vaziyatlarni ijobiy yakunlash uchun nima etishmayotganini bilmayman. Buni ko'rib chiqamiz.
Bu o'yindan keyin muxlislar bizni tanqid qilishadimi? Albatta, tanqid qilishadi! SHubhasiz! Yutmadik-ku, axir. Qirg'iziston bilan o'yinda bundan 10 marta yomon o'ynagandik, ammo g'alaba qozongandik. Bugun g'alabaga erishmadik, demak, hammasi yomon. Siz tanqidga tayyormisiz? Har doim tayyorman", – dedi Karpin.
Navbatdagi uchrashuvda Valeriy Karpin shogirdlari Toshkentda O'zbekiston bilan kuch sinashadi. O'yin 20 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar