Karlo Anchelotti: "Real" tarixi bizga taslim bo'lmaslikka yordam beradi"
05 may 2022 07:47
Yangiliklar
Karlo Anchelotti: "Real" tarixi bizga taslim bo'lmaslikka yordam beradi"
"Bugun sodir bo'lgan, shuningdek PSJ yoki "CHelsi" bilan bo'lgan holatlarga o'rganib qoldik deya olmayman.
Agar bular qanday qilib sodir bo'lyapti deb so'rasangiz, bu klub tarixi bilan bog'liq. Mag'lub bo'lishimizga oz qolganida, klub tarixi bizga taslim bo'lmaslikka yordam beradi.
Uchrashuv taqdiri deyarli hal bo'lgandi, ammo so'nggi kuchni topa oldik. Biz kuchli raqibga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdik. Hisobni tenglashtirganimizdan so'ng, qo'shimcha vaqtlarda ruxiy ustunlik biz tomonga o'tdi.
Bizga qiyin bo'ldi. "Siti" o'yinni nazorat qildi. Ammo so'nggi lahzalarda qo'shimcha vaqtlarga o'tishni uddalay oldik.
Parijdagi finalda yana bir kuchli raqibga qarshi o'ynashimizdan xursandman. Biz bunga o'rganib qolganmiz. Bu fantastik o'yin bo'ladi", - dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar