Karlo Anchelotti: "Krishtianu Ronaldu ertangi o'yinga 100 foiz tayyor"
07 apr 2014 23:27
Yangiliklar

Karlo Anchelotti: "Krishtianu Ronaldu ertangi o'yinga 100 foiz tayyor"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti CHempionlar Ligasi 1/4 final bosqichi javob o'yinlari doirasida ertaga bo'lib o'tadigan "Borussiya"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.
"Krishtianu Ronaldu o'zini juda yaxshi his qilyapti va ertangi o'yinga 100 foiz tayyor. SHuning uchun ham u ertaga o'ynashiga ishonchimiz komil. Lekin agar biror muammo bo'lsa, biz tavakkalchilikka ham yo'l qo'ya olmaymiz.
U har doim maydonga tushgisi keladi. Biroq, shu bilan birgalikda u - professional va qachon o'ynay olmasligini ham biladi.
Levandovskining qaytishi bu o'yinni umuman o'zgartirib yuboradi. U jamoadoshlariga ham shijoat bag'ishlashi mumkin.

Yarim finalga chiqishga biz yaqinroq turibmiz. Bu esa eng katta motivaciyadir.
Hujum va himoya o'rtasidagi muvozanatni ushlab turishimiz lozim bo'ladi. Hujumda baribir biz kuchliroqmiz va ertaga buni ko'rsatib qo'yishimiz kerak", - dedi Anchelotti.
Fikrlar