Karlo Anchelotti: "Futbolchilar Ronaldosiz qanday yutish kerakligini bilishadi"
14 apr 2014 14:39
Yangiliklar


Karlo Anchelotti: "Futbolchilar Ronaldosiz qanday yutish kerakligini bilishadi"
"Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kubok finali oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Bu o'yin asabiy kechadi. Imkoniyatlar teng. Umid qilamanki, bu uchrashuv qahramoni bizning jamoa bo'ladi. Bizga oson bo'lmaydi. Sababi, "Barselona" jamoasi to'pni o'zida saqlashni yaxshi ko'radi. Ularning uslublari shunday.
Ronaldo o'ynash-o'ynamasligi hali aniq emas. Hammasi futbolchining o'yin kunidagi holatiga bog'liq bo'ladi. Futbolchilarim o'zlarini yaxshi his qilishmoqda va o'z kuchlariga to'liq ishonishadi. Ular Ronaldosiz qanday yutish kerakligini bilishadi. Martinoni juda ko'p tanqid qilishmoqda. Bu futbolda bo'ladigan holat. Bir necha soniyalar ichida sen eng zo'ridan juda ham omadsiz murabbiyga aylanib qolishing mumkin.

Fikrlar