Karlo Anchelotti 2:3 haqida: “Barcha musobaqaga 100 foiz ishtiyoq bilan harakat qilish qiyin, biroq “CHelsi”ga qarshi o'yin boshqacha bo'ladi”
09 apr 2023 09:30
Yangiliklar
Karlo Anchelotti 2:3 haqida: “Barcha musobaqaga 100 foiz ishtiyoq bilan harakat qilish qiyin, biroq “CHelsi”ga qarshi o'yin boshqacha bo'ladi”
“Uchrashuv qiyin kechdi. To'pni o'zimizda ushlab turish qiyin bo'ldi, chunki raqib yaxshi harakat qildi.
Bizda gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi, 3:1 hisobida oldinda borishimiz va o'yin suratini pasaytirishimiz mumkin edi, biroq bunday bo'lmadi. Qolaversa, biz yaxshi himoyalanmadik. Buni yaxshiroq qilishimiz mumkin edi.
Rostini aytsam, hozir barcha turnirga 100% ishtiyoq bilan harakat qilish qiyin. Bugungi o'yin qiyin bo'lishini bilar edik, lekin chorshanba kuni bo'lib o'tadigan o'yin (“CHelsi”ga qarshi)ga futbolchilarim boshqacha ishtiyoq bilan harakat qilishlariga ishonaman.
“Barselona”ga qarshi o'yindan so'ng tarkibda o'zgarishlar bo'lishi aniq edi, chunki o'sha uchrashuvda futbolchilarim ancha ko'p kuch sarflashgandi”, — dedi “Real Madrid” bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar