So’nggi yangiliklar

18:02Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  1 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  0 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  9 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  6 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14

Karim Benzema vs Lionel Messi Yangiliklar

Karim Benzema vs Lionel Messi

Ko'pincha kim kuchliroq degan savolga taqqoslash yordamida aniqlik kiritsa bo'ladi.

To'g'ri, balki bevosita ikki futbolchini solishtirganda birgina ko'rsatkich bilan kuchliroq deyish noto'g'ri bo'lar, ammo jamoaga qanchalik foydasi tegayotgani muhim jihatligini hech kim inkor eta olmaydi. 

So'nggi yillarda Ispaniyada etakchilik uchun ikki klub kurashib kelmioqda. Azaliy raqiblar "Real" va "Barsa"ning muhim futbolchilari bo'lmish Lionel Messi va Karim Benzemaning jamoalarining La Ligadagi samaradorligiga qanchalik hissa qo'shayotganiga etibor qaratsak.

1) Messi Ispaniya chempionatida 19 ta gol urdi. "Barselona"ning umumiy ko'rsatkichi esa 63ta to'p. Bu gollarning 30% argentinalikka tegishliligini anglatadi 30%. 

Ronaldu vs Messi qarama-qarshiligi davrida Lionelning maksimal natijasi 39% bo'lgan.

2) Benzema Ispaniya chempionatida 14 ta to'pga mualliflik qilib ulgurdi. "Qaymoqranglilar"ning umumiy ko'rsatkichi 49 ta. Franciyalik forvard jamoasi gollarining 29%ga o'z ismini yozdirib qo'ygan bo'lib chiqmoqda. Etiborlisi bu Benzema uchun shahsiy rekord natija hisoblanadi. Uning natijalariga qarab, karantindan avvalgi o'yinlarda golsiz seriyani boshdan o'tkazayotgan bo'lsada, bu mavsumdagi mehnatlari uchun Benzemaga qoyil qolsa arziydi.


Vaziyatni yanada yaxshiroq tushunish, tasavvur qilishingiz uchun «Real»ning oxirgi yillardagi gollarida Krishtianu Ronalduning ulushiga to'xtalamiz:

- 2017/18-yilgi mavsum jamoa 94 gol urgan bo'lsa, 26 tasi Ronaldu hisobiga yozilgan - bu 28%!

- 2016/17-yilgi mavsum jamoa 94 gol urgan bo'lsa, 26 tasi Ronaldu hisobiga yozilgan - bu 28%!

- 2015/16-yilgi mavsum jamoa 110 gol urgan bo'lsa, 35 tasi Ronaldu hisobiga yozilgan - bu 32%!

- 2014/15-yilgi mavsum jamoa 118 gol urgan bo'lsa, 48 tasi Ronaldu hisobiga yozilgan - bu 41%!

Bu statistik ko'rsatkichlar bilan biz Benzema hamkasblari Krishtianu Ronaldu va Leo Messidan har jabhada ustun demoqchi emasmiz, ammo u ham kamida eng foydali futbolchilar sirasiga kirishini nazarda tutdik. 

SHu o'rinda Ispaniya futboliga befarq bo'lmagan inson borki Benzemani "tushirgan qovunlarini" kulib tilga olmagan bo'lsa. Lekin, etibor bering, bazan muxlislar Karim Benzemaning foydali jihatlariga ko'z yumib, "avtopilotda" tanqid qilayotgandek tuyulmaydimi?

Qancha murabbiylar keldi-ketdi, qancha hujumchilar "Qirollik klubi" sharafini himoya qilishga ulgurdi. Doim tanqid qilinishiga o'rganib qolganimiz Benzema esa hamon Madridda!

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика