Karim Benzema: "Osasuna"ga qarshi o'ynashni istayman"
28 sen 2022 23:15
Yangiliklar
Karim Benzema: "Osasuna"ga qarshi o'ynashni istayman"
"Real" futbolchisi Karim Benzema navbatdagi uchrashuvga tayyorgarligi haqida gapirdi.
Madrid klubi 2 oktyabr kuni "Osasuna"ga qarshi o'ynaydi.
Franciyalik futbolchi esa 6 sentyabr kuni ECHL doirasida "Seltik"ka qarshi o'yinda olgan jarohatidan forig' bo'ldi.
"Qaytishdan mamnunman. O'zimni juda yaxshi, qulay his qilyapman. Yakshanba kungi o'yinda qatnashishni istayman.
Jamoa ajoyib o'yin ko'rsatayotganini ko'ryapman. Futbolchilarning xarakteri, g'oliblik uchun tashnaligi menga yoqdi. SHu sababli aytishim mumkinki, zaxirada o'tirganlar ham, asosiy tarkib futbolchilari ham deyarli teng darajada", - dedi Benzema.
Fikrlar