So’nggi yangiliklar

19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 19:35"Сурхон" - "Насаф" 0:2 (Матнли трансляция)  22 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  30 19:30Суперлига. ОКМК - "Хоразм" 1:1 (матнли трансляция)  2 19:10БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" ўз уйида "Ал Айн"ни қабул қилмоқда, Абдуллаев илк дақиқалардан майдонда (онлайн ҳисоб)  0 18:56А Серия. Бугун "Наполи", "Милан" ва "Рома" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтади  0 18:38АПЛ. "Ман Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га мағлуб бўлди, Ҳусанов захирада қолдирилди  36 18:20Бундеслига. Бугун "Байер" "Хоффенхайм"ни қабул қилади, "Боруссия Дортмунд" эса "Санкт-Паули" меҳмони бўлади  0 17:06Испания футболи тарихида илк маротаба эркак ўйинчи туғруқ таътили олиши мумкин  1 16:38Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади  0 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  6 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   2 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  28 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2

Kapello tug'ilgan kuniga shogirdlaridan "sovg'a" ololmadi Yangiliklar

Kapello tug'ilgan kuniga shogirdlaridan "sovg'a" ololmadi

Jahon chempionatining 1-turiga ham yakun yasaldi. Turning so'nggi uchrashuv Rossiya hamda Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasida kechdi.

Fabio Kapello shogirdlariga ushbu o'yin favoriti sifatida qaralayotuvdi. Aslida esa bunday bo'lib chiqmadi. Janubiy Koreya terma jamoasi Rossiyani katta bahsga chorladi.  Uchrashuvni faollik bilan boshlashgan osiyoliklar ilk daqiqalardanoq Igor Akinfeev darvozasi oldidan o'z omadlarini izlay boshlashdi. Son Xin Min, Koo va Kimlarning raqib darvozasi oldidagi urinishlari Rossiya himoyachilarini ancha dovdiratib qo'ya oldi. 

Akinfeevning ustozi Kapelloga tayyorlagan "sovg'a"si

Rossiya birinchi bo'lim o'rtalariga kelib biroz ustunlikka ega bo'ldi. Jirkov va Kokorinning Jung darvozasi tomon yo'llagan zarbalarining aksariyati noaniq ko'rinish olgan bo'lsa, bazilarini Jung bartaraf etdi. Birinchi bo'lim so'nggi daqiqalariga to'liqligicha osiyoliklar tashabbusi bilan o'tdi. Lekin tanaffusgacha hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo'limni ruslar ancha shijoatkorlik bilan boshlashdi. SHatov va Kokorinning zarbalarini Koreya posboni qaytarib qoldi. Berezuckiyning boshi bilan yo'llagan zarbasiga esa biroz aniqlik etishmadi.

Uchrashuvning 56-daqiqasida Koreya bosh murabbiyi Park CHu-Yong o'rniga L Kyong-Ho maydonga tushirildi. Aynan shu futbolchi o'yinining 68-daqiqasida o'zining kuchli zarbasi bilan Igor Akinfeevni xato qilishga majbur etdi va hisobni ochdi, 0:1.

Goldan so'ng Fabio Kapello tezda o'zgarishlarga yo'l qurdi. Glushakov o'rniga Denisov hamda Jirkov o'rniga Kerjakovlar maydonga tashlandi. Oradan besh daqiqa o'tar-o'tmas, Kerjakov raqib jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan tartibsizlikdan unumli foydalandi va hisobni tenglashtirishga erishdi, 1:1.

SHundan so'ng, o'yinda boshqa gollar kiritilmadi va jamoalar bir ochkodan bo'lishib olishdi.

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello o'z tug'ilgan kuniga futbolchilaridan sovg'a ololmadi.

JCH-2014. "H" guruhi, 1-tur.

Rossiya - Janubiy Koreya 1:1
18 iyun. 03:00
Bosh hakam:
Nestor Pitana (Argentina)
Yordamchi hakamlar
: Ernan Maydana (Argentina), Xuan Pablo Belatti (Argentina)
Zaxira hakami
: Roberto Moreno (Panama)

Gollar
: Kyon-Xo Li (68), Kerjakov (74)

Rossiya
: Igor Akinfeev, Sergey Ignashevich, Denis Glushakov (Igor Denisov, 72), Aleksandr Kokorin, Vasiliy Berezuckiy, Oleg SHatov (Alan Zagoev, 59), Yuriy Jirkov (Kerjakov, 71), Aleksandr Samedov, Viktor Fayzulin, Andrey Eshenko, Dmitriy Kombarov.

Janubiy Koreya
: Jung Sung Ryon, Yun Sok En, Kim En Gvon, Son Xen Min (Bo-Kyung Kim, 84), Park Ju En (Kyon-Xo Li, 56), Li En, Ku Ja CHol, Xan Guk En, Ki Son En, Li CHun En, Xon Jon Xo (Seok-Ho Hvang, 73).

Ogohlantirishlar
: Son Min (13), Ki Sun Yeng (30), Oleg SHatov (49), Koo (90).


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика