So’nggi yangiliklar

00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  0 00:00Ла Лига. "Реал Сосьедад" ўз уйида "Атлетико"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:45А Серия. "Фиорентина" ва "Милан" ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  2 23:45Лига 1. ПСЖ "Ницца" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  12 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  1 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3 22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  8 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6 21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  16 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  4

O'zbekiston MTJ Toshkentda yig'inni boshladi FOTO Yangiliklar

O'zbekiston MTJ Toshkentda yig'inni boshladi FOTO

Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Afrikaga ketish oldidan Toshkentda yig'in boshladi.

O'zbekiston terma jamoasi "Paxtakor" stadionida mashg'ulot o'tkazdi. Bugungi mashg'ulotlarda mahalliy klublarda o'ynayotgan 18 nafar futbolchi ishtirok etdi. SHuningdek 6 nafar legioner futbolchi ham Kasablankaga boradi.

Timur Kapadzega yordamchi murabbiy sifatida Andrey Fyodorov ko'maklashmoqda. SHuningdek, murabbiylar shtabida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis Augustin CHirita hamda darvozabonlar murabbiyi Pyotr Gizimchuk ishlamoqda.

Mashg'ulotlar asosan tiklanish mashqlariga bag'ishlandi. CHunki terma jamoa ixtiyoriga etib kelgan futbolchilar kecha tur o'yinlarini o'tkazishgani bois, faqatgina engil tiklanish mashg'ulotlari bilan cheklanildi.

Dastlab barcha futbolchilarni yig'gan Timur Kapadze oldinda terma jamoani qanchalik muhim o'rtoqlik o'yinlari kutib turganini tushuntirdi va bo'lajak bahslarda raqib kim bo'lishidan qati nazar g'alaba uchun kurashishlarini malum qildi. SHuningdek, yangi bosh murabbiy futbolchilarga terma jamoa Marokash va Senegalga qarshi bahsda himoyaviy o'yin uslubidan foydalanmasliklarini alohida takidladi. Kapadze futbolchilarga futboldan rohatlanib, zavq olib o'ynash kerakligini tushuntirdi. Yangi bosh murabbiy naqadar masuliyatli ishga kirishganini va muxlislar ulardan yaxshi sifatli futbol kutishayotganini anglab turibdi. Kapadze shuningdek terma jamoada barcha futbolchilar o'z klublari haqida unutishlarini, bu erda bir oila bo'lib jipslashish lozimligini uqtirdi.

SHundan so'ng futbolchilar 15 daqiqa maydon bo'ylab yugurib, keyinchalik engil chigalyozdi mashqlarni bajarishdi. Bu borada futbolchilar bilan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Augustin CHirita ishladi.


Qosimov Kasablankaga boradi, Berdiev va Arveladze esa yo'q

O'zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi vazifasini bajarayotgan Timur Kapadze bilan MTJ murabbiylar kengashiga kiritilgan Mirjalol Qosimov Kasablankaga uchib ketadi. Murabbiylar kengashidan joy olgan Ro'ziqul Berdiev hamda SHota Arveladze esa bo'lajak o'yinlarga terma jamoa bilan birga bo'lishmaydi.

Jamoamiz 20 mart kuni tongda Istanbul shahriga uchib ketadi. Turkiyada bir kun bo'lib, keyinchalik Istanbuldan Marokashning Kasablanka shahriga uchiladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 23 mart kuni Senegal, 27 mart kuni Marokash terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика