Kanisares: "Laporta ishonchni yo'qotdi"
02 jan 2025 23:50
Yangiliklar
Kanisares: "Laporta ishonchni yo'qotdi"
"Buni juda jiddiy holat deb hisoblayman. Bu LaLiga qonunlarini buzadigan masuliyatsiz odamlarning natijasi. Endi ular boshqalar qila olayotgan ishni o'zlari qila olmayotgani uchun shikoyat qilishyapti.
"Barselona" sudga murojaat qildi, bu aslida bir tiyinlik ish edi va bundan yaxshilik chiqmadi. LaLiga esa nazoratni ushlab turadigan formani butunlay yo'q qiladi. Bu nazorat moduli boshqalar tomonidan shubxaga olinsa-da, klublar buni chetlab o'ta olishmaydi.
Fikrimcha, Laporta bor ishonchni yo'qotdi. Bungacha uning yonida Mateu Alemani bo'lgan va u raqamlarni juda yaxshi tushunardi. Hozir esa u yo'q, chunki Laporta uni haydab yubordi.
Tabiiyki, uning istefosini talab qilayotgan tashkilotlar talaygina", - dedi "Real", "Valensiya" va Ispaniya termasining sobiq posboni.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar