“Kamp Nou”da “Ayntraxt” muxlislari nega ko'payib ketgani malum bo'ldi. Stadion oq rangga burkangandi
16 apr 2022 09:35
Yangiliklar
“Kamp Nou”da “Ayntraxt” muxlislari nega ko'payib ketgani malum bo'ldi. Stadion oq rangga burkangandi
Kataloniyaliklar mazkur o'yindagi voqeadan keyin ichki tekshiruv o'tkazdi. “Kamp Nou”da nemis jamoasi muxlislarining soni 30 mingga yaqin edi, bu esa mezbon ishqibozlarning noroziligigaga sabab bo'ldi.
“Barselona” raqib jamoa muxlislari uchun 5000 chipta ajratgandi, ammo bahs kuni stadionda ularning soni haddan tashqari ko'p edi. Malum bo'lishicha, turoperatorlar frankfurtliklarga chipta xaridi uchun ko'maklashgan, shuningdek, olib-sotarlar ham chetda turmagani aytilmoqda. CHiptalar qo'lga chiqib ketgan.
“Barsa” mutasaddilari “Ayntraxt” ishqibozlari uchun onlayn chipta savdosini vaqtida to'xtatmagani aniqlandi. Oqibatda “Kamp Nou” o'zi uchun noodatiy bo'lgan oq rangga burkandi. Klub prezidenti o'tgan voqeani “sharmandalik” deya atab, bunday holat boshqa takrorlanmasligiga vada berdi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar