So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  18 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  222 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

"Kamp Nou" bo'ylab sayohat Yangiliklar

"Kamp Nou" bo'ylab sayohat

Teglar :  BarselonaKamp Nou
Ispaniya grandi "Barselona" stadioni "Kamp Nou"ga har yili 1,5 mlnga yaqin kishi tashrif buyuradi.

Keling biz ham saytimiz orqali ushbu klub stadioniga sayohat uyushtiramiz.





Stadionda 3ta asosiy kirish-chiqish yo'li bor va ularning har birida kassa mavjud. CHiptalarni kassa yoki elektron avtomatlarda xarid qilishingiz mumkin. Narxlar 17dan 23 evrogacha (23 evro kattalar uchun standart narx). CHiptaga qo'shimcha ravishda audiogid ham sotiladi, ushbu audiogidning xatto rus tilidagi varianti bor.


CHiptani xarid qilasiz, turniketdan o'tasiz va salom "Barselona", salom "Kamp Nou".


Muzeyning birinchi qismida "Barsa" tomonidan qo'lga kiritilgan barcha kubok va sovrinlar turadi. Bu erda klubning eng birinchi va eng so'nggi muvaffaqiyatlarining sovrinlari mavjud. To'plar, eski formalar, chiptalar va butsalar ushbu muzeydan joy olgan.


Muzeyda Messi va uning muvaffaqiyatlari haqida alohida bir bo'lim bor. Bu muxlislar eng ko'p suratga tushadigan muzeyning ikkinchi qismi hisoblanadi.


Keyingi bo'limlarda "Barselona"ning xokkey va basketbol jamoalari muvaffaqiyatlari ko'rsatilgan, ammo odamlar u erda juda kam to'xtashadi.

Klubning tarixi bilan tanishganingizdan so'ng, yo'lakcha bo'ylab Evropaning eng katta stadioni tribunasiga chiqasiz. Ushbu joyni birinchi marotaba o'z ko'zi bilan ko'rgan insonlarning hayratini so'z bilan tasvirlab berish qiyin.


Tribunada biroz dam olib, suratga tushish mumkin. Yirik o'yinlardan so'ng stadionga kelib, jim-jitlikka guvoh bo'lish juda o'zgacha. Sayohatni davom ettiramiz va bu safargi manzilimiz kiyinish xonasi, ammo siz faqat mehmon jamoaning kiyinish xonasini ko'zdan kechira olasiz, mezbonlarnikiga hech kim kiritilmaydi.


Stadionda ko'pchilik bilmaydigan bir joy bor. Bu xona nimaga mo'ljallanganligini tushungan bo'lsangiz kerak.


Yo'limizda davom etamiz va yo'lak bizni tonnel orqali maydonga olib chiqadi. Har mavsum oldidan tonnel devorlaridagi suratlar o'zgartiriladi. 



Tasavvur qiling siz futbolchisiz va "Barselona" madhiyasi ostida maydonga chiqib kelyapsiz. Maydonga chiqishingiz bilan zaxira o'rindig'iga duch kelasiz. Uning tepasida esa vip va oddiy sektorlar bor.


Bundan so'ng stadionning eng yuqori qismiga ko'tarilishingiz mumkin, bu erda turli davlatlardan kelgan sharhlovchilar o'z tilida "Barselona" o'yinlarini sharxlaydi.


Sayohatimizni davom ettiramiz. Muzeyning interaktiv qismiga o'tamiz. U erda mavsumning eng yorqin o'yinlarini va suratlarini ko'rishingiz mumkin bo'ladi.





Va nihoyat so'nggi manzil va u erda "Kamp Nou"ning rekonstrukciyadan so'ng qanday tuzilishi ko'rsatilgan. Reja bo'yicha qurilish 2017 yilning o'rtalarida boshlanib, 2021 yilda yakunlanadi. Futbol, basketbol, futzal maydonlari yangilanadi. "Kamp Nou" tomga ega bo'ladi, yangi joylar o'rnatiladi, eskalator va boshqa zamonaviy texnologiyalar qo'llaniladi.


Muzeydan chiqish sizni klub do'koniga elitadi. Bunday marketing uslubi deyarli Evropaning barcha klublarida qo'llaniladi.



Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика