So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  1 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  7 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  28 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   38 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  53 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  229 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

Kamoliddin Murzoev va SHavkat Salomov bilan yo'l-yo'lakay suhbat Yangiliklar

Kamoliddin Murzoev va SHavkat Salomov bilan yo'l-yo'lakay suhbat

1 noyabr kuni Qozog'iston premer-ligasining 31-turidan o'rin olgan “Ordabasi” - “SHaxtyor” bahsini kuzatishga muvaffaq bo'ldim.
Yaxshi bilasiz, Qarag'andaning “SHaxtyor” klubida ikki hamyurtimiz SHavkat Salomov bilan Kamoliddin Murzoev faoliyat olib bormoqda. Ikkala futbolchimiz ham shu kuni o'yinni asosiy tarkibda boshladi. Murzoev yagona hujumchi sifatida harakat qilgan bo'lsa, Salomov chap qanot yarim himoyasida to'p tepdi.

Uyin tugaganidan so'ng hamyurtlarimizdan intervyu olishga oshiqdim. Futbolchilarimiz meni quchoq ochib kutib olishdi. To'g'risini aytsam, bunaqa ochiqlikni kutmagandim. Salomov juda toliqqan bo'lishiga qaramay, Toshkentga qaytayotganini bilib ko'zlari yonardi. Menga qarab kulib Quyoshli O'zbekistonni sog'indim! Haqiqiy o'zbekcha oshni sog'indim dedi.

Murzoev mendan O'yin qalay bo'ldi? O'zbek futboli bilan farqi bormi? deb so'radi. Men esa To'g'risini aytsam, o'yin surati biroz pastga o'xshadi dedim. Ular Bo'lishi mumkin, harqalay mavsum oxiri, lekin mavsum boshida yo o'rtasidagi uyinlarni ko'rganingizda haqiqiy farqni ko'rardingiz deyishdi.

SHu bilan yo'lga otlandik. Yo'l-yo'lakay ular bilan savol-javob qilib o'zaro fikr almashdik.

- Ayting-chi, Kamol aka, O'zbekiston futboli bilan Qozog'iston futboli o'rtasidagi farq nimada?
- Bu erda futbol juda qattiq nazoratga olingan. Qozog'iston futbol federaciyasi tomonidan ham, UEFA tomonidan ham. Va shu bilan birga klublar moliyaviy jihatdan ancha baquvvat. SHuning uchun ham klublar o'rtasidagi raqobat ancha kuchli. Bundan tashqari, agar o'yinni maydondan kuzatish imkoniyati bo'lmasa, chempionat bahslari to'g'ridan to'g'ri internetda tv.ffk.kz sayti orkali translyaciya qilinadi. Bu sayt bir vaqtning o'zida uchtagacha o'yinni ko'rsatish imkoniyatiga ega.

- UEFAning Qozog'iston futboliga tasiri qanday?
- UEFA klublarni qattiq nazorat qiladi. Uyinchilarning kiyim-kechagidan boshlab ular tuzgan shartnomasiga qadar. Agar klub o'yinchilarga pul to'lashdan bosh tortsa, UEFA to'liq undirib beradi. UEFAning futbolchilarni himoya qiladigan o'z kasaba uyushmasi bor.

- Jamoangizda legionerlarga qo'yilgan talab qanday?
- Bizda raqobat ham kuchli. Reglamentga ko'ra, klub zayavkasida 7 nafar legionerga ruxsat berilgan. SHulardan 5 nafari asosiy tarkibda o'ynashi mumkin. Yani, bir vaqtning o'zida maydonda 5tadan ortiq xorijlik bo'lmasligi shart.

- Futbolchilar o'rtasidagi raqobat borasida nima deya olasiz?
- Juda kuchli. Ayniqsa, legionerlar o'rtasida. Yuqorida aytganimdek, maydonda bir vaqtning o'zida 5 nafardan ortiq legioner o'ynashi mumkin emas. Bizning jamoada mening poziciyamda mahalliy futbolchilardan tashqari yana bir legioner bilan raqobatlashishim kerak bo'ladi. Endi faraz qilyapsizmi? Bitta poziciyaga kamida 3 o'yinchi raqobatlashadi.

- Agar O'zbekiston klublaridan taklif tushsa qaytarmidingiz?
- Hozircha meni Qozog'istonda barchasi qoniqtiradi: keskin chempionat, kuchli raqobat va haqqoniy o'yinlar. SHuning uchun bu xaqda hali o'ylaganim yo'q.

- Kamoliddin Kenjaev bilan qaysi jamoada birga o'ynagansiz?
- Kenjaev bilan Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotganda birga yig'inga borganmiz. O'shanda aka-ukadek bo'lib qolgandik. U juda ham yaxshi inson. Undan hali ancha narsani o'rgansa bo'ladi. Va shu o'rinda o'tkazilayotgan akciyaga to'liq qo'shilaman. To'g'ri, biz O'zbekistonda kam bo'lamiz. SHunga qaramasdan, Kamol aka uchun qo'limizdan kelgancha yordam qilamiz. Kamoliddin aka, biz siz bilan birga!

SHu yo'sinda qiziqarli suhbat tufayli qanday qilib Toshkentga etib kelganimizni ham bilmay qolibmiz.
CHegaradan o'tgandan so'ng Kamoliddin va SHavkat akaga suhbat uchun minnatdorchilik bildirib, bir-birimizga sog'lik-salomatlik tilab xayrlashdik.

To'g'risini aytsam, xayrlashib bo'lgach, bizda bunday futbolchilar borligidan faxrlanib ketdim. Bu insonlarni nafaqat haqiqiy professional, balki yaxshi inson ekanliklariga yana bir bor amin bo'ldim.

Davron Abdulatipov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика