Kamoliddin Murzoev: "20 kun emas, bir haftaga safdan chiqdim"
30 mar 2014 13:17
Yangiliklar

Kamoliddin Murzoev: "20 kun emas, bir haftaga safdan chiqdim"
Qarag'andaning "SHaxtyor" klubi hujumchisi Kamoliddin Murzoevning jarohat tufayli 20 kunga safdan chiqqani haqida xabar berilgandi.
Bugun futbolchining o'zi bilan bog'lanib, vaziyatga oydinlik kiritdik.
"20 kun emas bir haftaga safdan chiqdim. Klub shifokorlari tomonidan belgilangan muolajalarni boshladim. Reja bo'yicha, bir haftadan keyin maydonga tushishim mumkin. Lekin jarohatim yanada jiddiylashib ketmasligi uchun keyingi o'yinda ham jamoamga yordam bera olmasam kerak", - deydi Kamoliddin Murzoev.
Eslatib o'tamiz, "SHaxtyor" kecha mamlakat chempionati doirasida "Taraz" klubi mehmoni bo'lib, yirik 5:1 hisobida zafar quchgandi. Ana shu gollardan ikkitasini Qarag'anda klubidagi yana bir hamyurtimiz SHavkat Salomov kiritgandi.
Kamoliddin Alimov.

Fikrlar