So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  14 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  18 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

“Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz” akciyasi uchun maxsus futbolkalar tayyorlandi Yangiliklar

“Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz” akciyasi uchun maxsus futbolkalar tayyorlandi

22 noyabr kuni Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida bo'lib o'tadigan “Nasaf” jamoasining sobiq futbolchisi Kamoliddin Kenjaevni moddiy va manaviy qo'llab-quvvatlash uchun o'tkazilayotgan xayriya akciyasiga tayyorgarlik qizg'in pallasiga kirdi.
Ushbu akciyani o'tkazish bo'yicha tuzilgan tashkiliy guruh tashabbusi bilan “Nasaf” PFK tomonidan o'sha kuni bo'lib o'tadigan futbol shou ishtirokchilari uchun maxsus futbolkalar tayyorlandi. Quyida “Nasaf” PFK mtbuot xizmati rahbari Aziz Nuriy tomonidan saytimizga taqdim etilgan ana shu futbolkalarni tasviri bilan tanishishingiz mumkin:





Yana eslatib o'tamiz, 22 noyabr kungi xayriya tadbirida Qashqadaryo viloyatidan bo'lib, bir vaqtda milliy terma jamoa safida ham to'p tepayotgan futbolchilar jamoasi – “Qashqadaryo yulduzlari” va Kamoliddin Kenjaev bilan birga bir jamoada o'ynagan va hozirgi kunda murabbiylik faoliyatiga o'tgan sobiq futbolchilar jamoasi – “Nasaf -2006″ jamoalari o'rtasida katta futbol shousi bo'lib o'tadi. Qani ko'ramiz, bu o'yinda ustunlik hozirgi futbolchilar – shogirdlar tomonidami yoki sobiq futbolchilar – murabbiylar tomonida? Qiziq uchrashuv!

Aziz futbol ishqibozlarini yana bir marta ana shu jamoalar tarkibi bilan tanishtirib o'tamiz:

“Nasaf – 2006” futbol jamoasi tarkibi:
Darvozabonlar – Pyotr Gizimchuk, Dilmurod Toshmatov
Himoyachilar – Davron Fayziev, Botir Qoraev
Yarim himoyachilar – Vali Keldiev, Ro'ziqul Berdiev, Nurali Sultonov, SHuhrat Toshpo'latov
Hujumchilar – Konstantin Boev va Zafar Xolmurodovlar
Murabbiylar: Norqul Daminov, Kamoliddin Kenjaev

“Qashqadaryo futbol yulduzlari” jamoasi tarkibi:
Darvozabonlar – Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov
Himoyachilar – SHohruh Gadoev, SHerzod Azamov, Otabek SHukurov
Yarim himoyachilar – Farrux Sayfiev, SHuhrat Muhammadiev, Zohir Qo'ziboev
Hujumchilar – Kenja To'raev, Zafar Polvonov
Murabbiy: Zoir To'raqulov

Dastur doirasida shuningdek Qashqadaryolik taniqli sanatkor Alijon Isoqov o'zining dilga yaqin qo'shiq va kuylari bilan tadbir ishtirokchilarining xizmatida bo'ladi.

Ushbu tadbirda barcha hohlagan ishqibozlar ishtirok etishlari mumkin va o'zlarining imkonlari doirasida xayriya akciyasiga o'z ulushlarini qo'shish imkoni ham bo'ladi.

Xayriya tadbiri 22 noyabr shanba kuni Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida soat 15:00da boshlanadi.

Xayriya akciyasining Qashqadaryo viloyati bo'yicha
vakili. voha.uz sayti mamuri
Ziyodulla Safarov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика