So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  21 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Kamoliddin Alimov eng shirin “Gril” pishiradigan restoran ochmoqchi Yangiliklar

Kamoliddin Alimov eng shirin “Gril” pishiradigan restoran ochmoqchi

Bu borada sal kam 20 yildan beri sport sharhlovchisi bo'lib elga xizmat qilib kelayotgan Kamoliddin Alimov katta tajribaga ega bo'lib boryapti.
Ofisimizdagi deyarli har bir bog'lanadigan garov, albatta bitta “gril” bilan yakuniga etadi. “Gril” o'ynalmagan paytlar, Eshmat akaning ikkita qovurg'ali somsasi qornimiz to'rini band etadi. Pulni cho'g'i ko'rinib qolgan paytlar esa, kartoshkali somsa bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz.
“Gril”, bu - pechkada pishirilgan tovuq go'shti.

Uning asosiy maqsadi, “Olamsport” saytida bosib-bosib ishlagan holda katta moliyaviy foyda ko'rish va keyinchalik, o'zining shaxsiy “Gril” biznesini yo'lga qo'yish. Bu borada u kishi Tolibjon Qosimov bilan shartnoma tuzishni maqsad qilgan. Xabaringiz bor, bundan avvalgi maqolada, Tolibjon Qosimov fermer xo'jaligini tashkil qilishi haqida yozgan edik. Aynan uning fermasida boqiladigan tovuqlar, keyinchalik restoran qassoblarining qo'llariga tushishi rejalashtirilgan.

Bir kuni, aniqrog'i Doxada Alimov bilan taksi to'xtatdik. U erda asosan hind va  pokistonlik haydovchilar xizmat qiladilar. Alimov urdu tilida 2 og'iz gapirishni bilar ekan, bechora vatanini qo'msagan haydovchiga, “sen urdumisan, men urdu tilini bilaman“ degan ham edi, haydovchi chunonam to'lqinlanb ketdiki, to manzilimizga etib bormagunimizcha, goh kulib, goh alam bilan dardini aytib ketdi. Afsuski Alimov "sen yaxshimisan", "salom", "xayr" va "men urdu tilini bilaman" gaplaridan boshqasini bilmasdi...

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика