Kamol Jo'nashev: "Paxtakor-2"ga qarshi o'yin qiyin kechdi"
30 mar 2014 19:55
Yangiliklar

Kamol Jo'nashev: "Paxtakor-2"ga qarshi o'yin qiyin kechdi"
O'zbekiston kubogi saralash bosqichi doirasidagi "Paxtakor-2" - "Istiqlol" (2:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi saytimizga intervyu berdi.
"Bugun qiyin o'yin bo'ldi. Futbolchilarim hali mavsumga jismonan to'la tayyor emas", - deb gap boshladi Kamol Jo'nashev.
"Birinchi liganing dastlabki turlaridan so'ng yaxshi sport formasiga kiramiz. Bugungi bahsda bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazdik. Ular hali jamoaga kirishib ketishlari kerak".
"Uchrashuv qattiq shamol ostida kechdi. Bu holat albatta bahsga biroz tasir qildi. Maydon ham talab darajasida emas edi. Kombinacion o'yin namoyish eta olmadik. Tanaffusda men yigitlarga bugun faqat natija uchun o'ynash kerakligini aytdim. SHukurki uchta to'p kiritib keyingi bosqichga chiqdik", - deydi Jo'nashev.
Eslatib o'tamiz, "Istiqlol" keyingi bosqichda Jizzaxning "So'g'diyona" klubiga qarshi o'ynaydi.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi.

Fikrlar