So’nggi yangiliklar

00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  13 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  2 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  27 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  90 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1018 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  10 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  20 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10 17:02CAFA Nations Cup финалига мезбонлик қилаётган "Олимпия" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  9

Joze Mourino mag'lubiyatning sababini aytdi Yangiliklar

Joze Mourino mag'lubiyatning sababini aytdi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino APL doirasida "Vest Xem"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Jamoa shunday harakat qilib, 5-daqiqadayoq gol o'tkazib yubordi. O'sha pallada offsayd bor edi. Qanot hakami buni ko'rmay qoldi va xatoga yo'l qo'ydi.

Ikkinchi gol borasida nima deya olaman. Yarmolenko chap oyoqda to'p bilan muomalasi yaxshi ekanligini bilardik, shunday bo'lsa-da uni etarli darajada qo'riqlay olmadik.

Ikkinchi bo'limda vaziyatni biroz bo'lsa-da o'nglagandik. Raqib posboni bir necha seyvlar bilan jamoasini qutqardi. Uni topgan skautni tabriklayman. 21 yoshli Issa Diop esa shunchaki mahluq.

Uchinchi gol esa bizniruxiy tomondan "o'ldirdi". CHunki o'sha pallada Reshfordni yiqitishganini ko'rmay qolishdi va yana xatolarga yo'l qo'yishdi. Ushbu goldan keyin bizda 20 daqiqa vaqt bor edi. Ammo futbolchilarning ruxiy holati yomon tomonga o'zgarib bo'lgandi.

- Nima uchun Sanches zaxirada?
- Buni qarang, shuncha vaqtdan buyon Antoni Marsyal nima uchun zaxirada deb so'rardinglar. Aleksis o'tgan haftani kutganimdek o'tkaza olmadi. SHu orqali Aleksisning o'rniga Antonini qo'ydim.

- Jamoangizning o'yindan maqsadi nima edi?
- Jamoaning o'yin saviyasi va ruhiy holatidan mamnun emasman. Har doim oldinga intilish - mening professional vazifam. Bu gap futbolchilarga ham tegishli.

- "Vest Xem"ning g'alabasi haqida nima deysiz?
- Qachonki sen faqatgina g'alabaga erishaversang, shulardan eng yaxshisini qidirasan. Biroq birinchi gol offsayddan urildi. Ikkinchisi avtogol. Uchinchisi esa hakamlarning xatosi tufayli yuzaga keldi. Keyingi bahsni hozirgidan yaxshiroq boshlay olishimiz mumkin.

- Pol Pogbaning o'zini tutishi borasida qanday fikrdasiz?
- Pol qattiq harakat qilmoqda.

Reyting: -36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика