So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Jovanni Trapattoni: “Yuventus” oxirigacha kurashadi” Yangiliklar

Jovanni Trapattoni: “Yuventus” oxirigacha kurashadi”

Italiyalik mashhur murabbiy Jovanni Trapattoni “Yuventus” tarixida muhim iz qoldirgan mutaxassislardan biri sanaladi.


U o'zining avtobiografik asari “Non dire gatto”ning taqdimot marosimini Turin shahrida o'tkazishga qaror qildi. Kitobning taqdimot marosimida u bir qator savollarga javob qaytardi.


- Bu erda o'zimni uydagidek his qilaman. CHunki aynan shu erda hayotimdagi eng yorqin lahzalarni o'tkazganman. Ko'pchilik bilmaydigan murabbiy edim, lekin Bonipertining ko'magi bilan jahonga nomim tanildi, - deya gap boshladi Trapattoni.

- Bir necha kundan keyin siz Qitalararo Kubok qo'lga kiritilganining 30 yilligini nishonlaysiz. Bu sizning eng katta g'alabangiz bo'lganmi?

- Ha. O'sha yutuq “Yuve”ni erishilgan barcha muvaffaqiyatlardan keyin jahon taxtiga qaytargandi. G'alabani juda qadrlayman. Garchi, Tokioga “Eyzel”dagi fojiadan keyin yo'l olgan bo'lsak ham. Biroq menga bir necha oy ichida faoliyatimdagi eng yorqin va eng qora lahzalarni boshdan kechirganimni tan olish juda qiyin bo'lgan.

- “Yuve” va Turin sizga nimalar berdi?

- Hamma narsani. Faqat shuhrat emas, balki poydevor ham. Bu menga Germaniya, Avstriya va Portugaliyada o'zimni tutib qolishga yordam berdi. Bu erda istagan joyimga ketishga va o'z kuchimga ishonishga yordam bergan narsaga ega bo'ldim.

- “Milan”dan “Yuventus” tarixiga kirgan boshqa bir murabbiy tashrif buyurdi. Allegri sizni ajablantirdimi?

- Yo'q, u miyasini yaxshi ishlatadi va o'yinchilik davridayoq bu yaqqol ko'zga tashlanib turardi.

- Uni “Kalyari”da shug'ullantirgansiz.

- Bir necha oy. Uning “Yuve”da ishlari yurishayotganidan xursandman. Debyut mavsumdayoq Italiyada barcha musobaqalarda zafar quchish va CHempionlar Ligasida finalgacha etib borishni hamma ham uddalay olmaydi.

- Biroq tanqid yo'q bo'lmadi. Nega?

- Jamoani g'alabalar to'lqinida qabul qilib olsang, oson bo'lmaydi. Agar yuqorida bo'lmasang, “Yuve” atrofida yoqimli bo'lmagan holat yuzaga keladi. Lekin tizim va jamoa xarakteri hamisha hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Buni o'yinchilarning vazifasiga nisbatan munosabatida ko'ryapman. Allegriga qoyil, u aqlli inson ekanligini ko'rsatmoqda.

- Nega “Yuventus” CHempionlar Ligasida ajoyib o'ynayapti, biroq chempionatda buning aksi sodir bo'lyapti? Avval buning teskarisi bo'lardi.

- Bundan qochish imkonsiz edi. “A” seriyada jamoaga qarshi kayfiyat yuzaga kelgan. Nafaqat raqiblar, balki liga atrofidagi holat ham “Yuve”ga tasir o'tkazyapti.

- Bunga qanday munosabatda bo'lish kerak?

- “Yuventus”da bunga qarshi chaqilmas gen mavjud. SHu sababli u oxirigacha kurashadi.

- Peshqadamlardan ortda ekaniga qaramay, jamoada chempionlikka imkoniyat bormi?

- Ha, chunki mavsum endi qizigan pallasiga kirib bormoqda. Raqobatchilar o'rtasida kam bo'lmagan o'zaro uchrashuvlar bor. CHempionlik taqdiri noyabrda emas, mart oyida hal bo'ladi. Kurashga qaytishi uchun “Yuve” natijalarga erishishi zarur.

- Allegrining qo'shimcha quroli nima bo'lishi mumkin?

- Morata va uning golni sezish qobiliyati.

- Agar Evrokuboklarda 1:6 hisobida mag'lubiyatga uchrasangiz nima degan bo'lardingiz?

- Barcha g'azabni ijobiy tarafga qaratishdan boshlagan bo'lardim. Jamoaning g'ururi o'zini bildirishi kerak: nafaqat ishqibozlar yoki murabbiy, balki har bir futbolchi toptaldi.

- Nega Rimda murabbiy bo'lish qiyin?

- U erda muhit og'ir. SHuning uchun hech qachon Rim yoki Neapolda ishlashni xohlamaganman. Yillar davomida taklif qilishgan. Xotinim rimlik bo'lgani uchun bundan foydalanishga urinishgan. “Sovuq” Turin yaxshiroq.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика