Italiya Kubogi. "Komo" penaltilar seriyasida "Napoli"ni mag'lub etib, yarim finalga chiqdi
11 fev 07:50
Yangiliklar
Italiya Kubogi. "Komo" penaltilar seriyasida "Napoli"ni mag'lub etib, yarim finalga chiqdi
Italiya Kubogi 2025/2026 mavsumi chorak finalidan o'rin olgan "Napoli" - "Komo" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Neapol shahridagi "Diego Armando Maradona" stadionida bo'lib o'tgan bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida tugadi. Penaltilar seriyasida esa mehmonlar g'alabani qo'lga kiritdi.
Uchrashuvning 39-daqiqasida "Komo" yarim himoyachisi Martin Baturina hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim boshida, 47-daqiqada "Napoli" yarim himoyachisi Antonio Vergara muvozanatni tikladi. Belgilangan vaqtda g'olib aniqlanmaganidan so'ng, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi va unda "Komo" futbolchilari aniqroq harakat qildi.
Shu tariqa, "Komo" jamoasi musobaqa yarim finaliga yo'l oldi.
Malumot uchun, Italiya Kubogining amaldagi sohibi — "Bolonya" hisoblanadi. Jamoa o'tgan mavsum finalida "Milan"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar