So’nggi yangiliklar

00:29Расман: Кэррик мавсум охирига қадар МЮ бош мураббийи этиб тайинланди  0 00:15Алонсонинг ғояларини қабул қилишни истамаган футболчилар маълум (ESPN)  9 00:08Бентанкур узоқ муддатга сафдан чиқди  0 23:57Англия лига кубоги. "Ньюкасл" – "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда!  3 23:35Хабиб Нурмагомедов Алонсо ҳақида: "Бир йил олдин уни ялиниб-ёлвориб чақиришганди, энди эса ишдан хайдашди. Ҳаммаси талтайиб кетган болалар туфайли"  9 23:12"Насаф" Акром Комиловни ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  3 23:03Расман: Абдулазиз Абдурашидов – "Сўғдиёна" футболчиси!  0 22:20U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон - Жанубий Корея 2:0  5 22:10Бобир Абдиҳолиқов расман "Насаф"га қайтди  6 21:59"Сўғдиёна" расман черногориялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  2 21:30Расман: "Навбаҳор" сербиялик легионер билан шартнома имзолади  4 20:55Альваро Арбелоа "Реал" мураббийлигига келганидан сўнг, Винисиус Жуниор ҳақида гапирди  41 20:33"Барселона" Канселу ҳақидаги барча хабарларни сайт ва ижтимоий тармоқлардан ўчириб ташлади  2 20:04"Андижон" назорат баҳсида Туркия жамоаси дарвозасига 3 та тўп йўллади  14 19:39"Ғазалкент" клуби Лига аъзоси бўлиш учун ариза топширди  1

Joriy mavsum necha nafar yosh o'yinchilar Superliga top klublarida o'ynashdi? Yangiliklar

Joriy mavsum necha nafar yosh o'yinchilar Superliga top klublarida o'ynashdi?

Kecha "Qayrat" jamoasi Qozog'iston chempioniga aylandi.

Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev o'zining Telegram'dagi sahifasida joriy mavsum Superliga top klublarida o'ynagan yosh o'yinchilarning sonini tahlil qildi.

"Qayrat" so'nggi ikki yilda yosh jamoa sifatida ko'zga tashlanmoqda. Anchagina kuchli raqobat sharoitida ("Astana", "Ordabasi", "Aktobe", "Tobol") ushbu chempionlik aqlbovar qilmasdek ko'rinadi.

Haqiqatdan ham, Transfermarkt malumotlariga ko'ra, jamoaning o'rtacha yoshi 25,4 yilni tashkil etadi, ular bu borada QPLda eng yosh ko'rsatkichga egalar. Ammo, "Qayrat" tarkibida ko'plab tajribali va yoshi katta o'yinchilar ham ko'zga tashlanmoqda. Masalan, Aleksandr Martinovich (37 yosh) va Joau Paulo (36 yosh).

SHaxsan o'zim joriy mavsum "Qayrat"ning yosh o'yinchilari (23 yoshgacha bo'lgan) necha daqiqa o'ynashganini hisoblashga qaror qildim.

11 futbolchiga 7447 daqiqa to'g'ri keldi (umumiy o'yin vaqtidan 28,9 foiz). Faqatgina mavsumda 90 daqiqadan ortiq o'ynaganlarni hisobladim. Har bir o'yinchiga o'rtacha 677 daqiqadan to'g'ri keldi (yoki 7,5 o'yindan). Unchalik ko'p emas.


SHu sabab ushbu yil Superliganing top klublarida necha nafar yosh o'yinchilar harakat qilgani va ular tomonidan o'ynalgan daqiqalarni hisoblashga qaror qildim.

"Paxtakor" - 15 o'yinchi, 10042 daqiqa (umumiy o'yin vaqtidan 42,3%)

Muhammadali Usmonov (516), Saidumarxon Saidnurullaev (145), Muhammadrasul Abdumajidov (1397), Kimi Merk (238), Behruz Asqarov (863), Po'latxo'ja Xoldorxonov (526), Diyor Ortiqboev (847), Mahmud Maxamadjonov (412), Diyor Xolmatov (1292), Vladimir Nazarov (900), Abdurauf Buriev (713), Otabek Jo'raqo'ziev (240), Muhammadqodir Hamraliev (1350), Ulug'bek Hoshimov (445), Ibrohim Ibragimov (158).

"So'g'diyona" - 10 o'yinchi, 7404 daqiqa (31,2%)

Sardor Xoshimov (195), Muxammadyusuf Sobirov (450), Otabek Ahadov (1390), Nodir Soyibov (1576), Samandar Mavlonkulov (1242), Samandar Sindarov (370), Xondamir Mustafoqulov (1410), Umid Sultonov (367), Muhammadsafo Fozilov (296), Mirjalol Abdumutalov (108).

"Nasaf" - 4 o'yinchi, 4425 daqiqa (18,6%)

Zafarmurod Abdirahmatov (811), Alibek Davronov (405), Murodbek Rahmatov (1049), Abduvohid Nematov (2160).

OKMK - 7 o'yinchi, 3411 daqiqa (14,4%)

Nodir Abdurazzoqov (937), Ali Abdurahmonov (263), Aziz Xolmurodov (898), Abror Sarimsoqov (339), Saidafzalxon Ahrorov (408), Azizbek Baxromov (257), Eldor Begimov (309).

"Navbahor" - 3 o'yinchi, 1529 daqiqa (6,4%)

Ruslan Jiyanov (474), Saidazamat Mirsaidov (728), Doston Abdulxaev (327).


Superligadagi 23 yoshgacha bo'lgan o'yinchilar va maydonda 90 daqiqadan ortiq harakat qilganlar hisobga olindi.

Avvaliga "Qayrat"da yosh o'yinchilar unchalik yuqori raqamlarga ega emasdek ko'rindi. Ammo "Nasaf" undan ham "yosh bo'lmagan" jamoa bo'lib chiqdi. Agar qarshiliklarning so'zsiz "birinchi raqami" bo'lgan Abduvohid Nematovni qavsni ichiga olsak, unda "Nasaf"da ummuiy 23 yoshgacha bo'lgan atigi uch o'yinchini ko'rsata olamiz va ularning hisobida umumiy 2265 daqiqa bor (9,5%).

Bundan kelib chiqadiki, chempionlik yoshlarning ishi emasdek. Titullar tajriba va klass orqali olinadi. Hech bo'lmaganda, aniq Markaziy Osiyo (O'zbekiston va Qozog'iston)da.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика