So’nggi yangiliklar

02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  7 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  30 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  4 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  43 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  110 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1029 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  11 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  21 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10

"Joma"ning O'zbekistonga kirib kelishi qanday yuz bergan? Yangiliklar

"Joma"ning O'zbekistonga kirib kelishi qanday yuz bergan?

Oliy ligamizda yangi futbol mavsumi boshlanishiga tobora oz qolyapti. Fevral oyining ikkinchi yarmidan boshlab klublar yangi sport kiyimlari xarid qilishni boshlab yuborishadi.
O'tgan yil oliy liganing 14ta jamoasidan naqd 11tasi bizda hozir rosa urf bo'layotgan “Joma” firmasli mahsulotlaridan foydalanishdi. Faqat amaldagi chempion “Paxtakor” hamda uchinchi o'rin sohibi “Nasaf” o'z odatiga binoan “Adidas” kiyimlarini kiygan bo'lsa, “Bunyodkor” o'z futbolchilarini “Jako” sport kiyimlari bilan taminladi. Qolgan barcha jamoalar esa “Joma” kiyishdi.

Malumki, hozir aksariyat klublar Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvlariga zo'r berishmoqda. Qaysi bir o'yinga bormang, aksariyat murabbiy va futbolchilar egnida “Joma” sport kiyimini ko'rasiz. SHuningdek, bazi muxlislar va jurnalistlar ham “Joma” kurtkalarini kiyib olishgan. Natijada bizda ham O'zbekiston bozoriga kirib kelganiga hali ko'p bo'lmagan Ispaniyaning “Joma” brendiga qiziqish ortdi va ushbu kompaniyaning O'zbekistondagi rasmiy vakili Sanjar Usmonovdan intervyu olish fikri tug'ildi.   

-   Sanjar, “Joma”ning O'zbekistonga kirib kelishi qanday yuz bergan va bunga kim sababchi bo'lgan?
-   “Joma” O'zbekistonga dastlab futzal orqali kirib kelgan. O'z vaqtida ispaniyalik murabbiy Xose Mendes futzal terma jamoamizni boshqarganidan xabaringiz bor va aynan shu kishining say-harakatlari tufayli “Joma” bizda ham faoliyat yurita boshladi. Futzal terma jamoamiz Ispaniyaga yig'in o'tkazish maqsadida borganida ushbu firma vakillari terma jamoa azolari bilan uchrashadi va biznikilarga o'z mahsulotlarini taqdim etishadi. Bilasiz, bungacha barcha yoshdagi jamoalarimiz “Puma” liboslaridan foydalanib kelayotgandi. Lekin “Puma” bilan shartnoma muddati tugagach, O'FF “Joma” bilan hamkorlik qilishni maqul ko'rdi. SHundan beri Terma jamoalar markazi futbolchi va murabbiylarni mazkur firma liboslari bilan taminlab kelmoqda. “Joma” O'zbekistonga kirib kelganidan so'ng oradan bir yilcha o'tib, amakim Jahongir aka Usmonovga menga “Joma”ning yurtimizdagi rasmiy vakili bo'lishni taklif qildi. SHu-shu futbol klublari va terma jamoalarni sport ekipirovkalari bilan taminlashga o'tdim.

-   Ishingiz asosan nimalardan iborat?
-   Men “Joma”ning O'zbekistondagi rasmiy vakiliman. SHunday ekan, asosiy ishim oliy liga klublari, qolaversa, turli yoshdagi terma jamoalarni buyurtma asosida “Joma” sport kiyimlari bilan taminlash.

-   Mana yaqindan boshlab “Joma” liboslari sotuvi ham yo'lga qo'yildi. Nima sababdan shu paytgacha bu ish amalga oshmagandi?
-   Bunga sabab biz shu paytgacha “Joma” bilan faqat buyurtma asosida ishlab kelayotgandik. Masalan, bizga yuzta futbolka kerak bo'lsa, borib faqat shuncha olib kelardik. Ammo sekin-asta vaqt o'tib “Joma”ga bo'lgan qiziqish ortib bordi va endilikda oliy liga klublari ham shu firmaning kiyimlarini maqul ko'rmoqda. Hozir esa o'z do'konimizni ochdik va muxlislar uchun sport kiyimlari sotuvini yo'lga qo'ydik. Mana endi ishqbozlar bemalol “Joma” logotipi tushirilgan liboslarni xarid qilishlari mumkin.

-   Ayting-chi, “Joma”ning boshqa brendlardan farqli tomoni nimada?
-   Gap shundaki, “Joma” “Adidas”, “Nike”, “Puma” kabi sport kiyimlari ishlab chiqaradigan boshqa firmalardan farqli o'laroq mijozning nima xohlayotgani bilan albatta qiziqib ko'radi. Yani, “Joma” sizning tabingizdan kelib chiqqan holda kiyim tikib beradi. Boshqa sport brendlari esa o'zlari xohlagan tarzda ish olib borishadi. Masalan, “Nike” liboslarini kiyadigan MYU, “Yuventus”, “Inter”, “Barselona”, “Atletiko”da sport liboslarining dizayni bir xil, faqat ranglarda farq qiladi. “Joma” esa albatta xaridorning fikriga ham qaraydi.

-   Endi narxlar haqida gaplashsak. “Joma”ning o'zimizda do'koni faol ish boshlaganidan so'ng narx-navo qanday bo'ladi? Muxlislarga qulaylik yaratiladimi?

-   Biz bu masala ustida oxirgi 4-5 oydan beri ishlayapmiz. Masalan, O'zbekiston milliy terma jamoasining original libosi 175 ming so'mga baholanyapti. Lekin yaxshi bilamizki, bunday narxda bitta futbolkani sotib olishga kimdadir imkoniyat bor, kimnikidir yo'q. SHu bois ham narxlarni imkon qadar arzonroq qilib belgilashga harakat qilyapmiz. “Joma” bizga originalga yaqin futbolka tikib sotishimizga ruxsat berdi. Bunday futbolkalarning har biri 30-40 ming so'm atrofida baholanadi.  

-   Yaxshi bilamiz, o'tgan yil oliy liganing 14 klubidan 11tasi “Joma” kiydi. Bu yilgi rejalar qanday?
-   Oliy ligada o'ynaydigan jamoalar soni yana ikkitaga oshganini inobatga olsak, hozircha “Mashal” bilan “Dinamo” haqida biror gap ayta olmayman. “Olmaliq” esa boshqa firma liboslaridan foydalanmoqchi. Yaxshi bilasiz, “Paxtakor” va “Nasaf” bir necha yildan beri “Adidas”, “Bunyodkor” esa “Jako” mahsulotlaridan foydalanib kelmoqda. Qolgan jamoalar esa “Joma” ekipirovkalarini xarid qilishni maqul ko'rishgan.

-   Sport kiyimlari Ispaniyadan olib kelinadimi yoki Xitoydanmi?

-   Albatta, Ispaniyadan. Lekin katta miqdorda buyurtma tushsa, unda to'g'ri Xitoydagi zavoddan olib kelamiz.

-   2013 yilgi mavsumda faqat uchta klub - “Buxoro”, “Neftchi” va “Lokomotiv” “Joma” kiygandi. O'tgan yil esa yana sakkizta jamoa shu mahsulotdan xarid qildi. Birdaniga ko'pchilikning “Joma”ni tanlashiga nima sabab bo'lmoqda?

-   Bu borada shuni aytishim mumkin, biz oliy liga bozoriga dastlab “Neftchi” orqali kirib kelganmiz. Demak, “Joma” firmasi kiyimlari jamoalarga yoqyaptiki, ko'pchilik bizdan mahsulot ola boshladi. “Joma” tomonidan ishlab chiqarilayotgan kiyimlar qulay va xushbichimligi bilan ajralib turadi.

-   Siz hech “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Nasaf”ga “Joma” bilan hamkorlik qilish taklifi bo'yicha chiqdingizmi? Ularning “Joma”ga bo'lgan qiziqishi qanday?

-   Malumki, “Paxtakor” uzoq yillardan beri “Adidas”dan foydalanib keladi va ularning tanlovini hurmat qilaman. SHu paytgacha “Nasaf”ga ikki marta, “Bunyodkor”ga esa olti martacha birga ishlash taklif bilan chiqdik. Lekin hozircha aniq javob olganimiz yo'q.

-   Nima deb o'ylaysiz, “Joma” mahsulotlari birinchi liga jamoalari uchun qimmatlik qiladimi?

-   Albatta, ko'p narsa klublarning yillik byudjeti, moliyaviy imkoniyatlariga bog'liq. O'tgan yil bizning sport kiyimlardan oliy ligaga chiqishni maqsad qilgan “SHo'rtan” va “Qo'qon-1912” xarid qilgandi. Bu yil nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi.

-   Yaqin orada o'ylab qo'ygan rejalaringiz bormi?
-   Vodiy bo'ylab “Joma”ning maxsus sport do'konlarini ochishni maqsad qilganmiz. Birinchi navbatda bu ishni Farg'ona viloyatida amalga oshirmoqchimiz. Biz “Neftchi” bilan bir necha yildan beri hamkorlik qilib kelyapmiz va bu klub bilan aloqalarimiz yaxshi. Qolaversa, Farg'onada “Neftchi”ning uy o'yinlariga ko'plab muxlislar kirishini inobatga olib, dastlab o'sha erda magazin ochish niyatimiz bor.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика