"Jirona" bosh murabbiyi: "Biz baxtlimiz!"
11 dek 2023 08:34
Yangiliklar
"Jirona" bosh murabbiyi: "Biz baxtlimiz!"
"Jirona" bosh murabbiyi Michel "Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
"Biz baxtlimiz. "Barselona" ajoyib jamoa. Har ikki jamoada yaxshi imkoniyatlar bo'ldi, biroq biz o'z imkoniyatlarimizdan unumliroq foydala oldik. Uchrashuv tempi juda yuqori bo'ldi. Qiyin uchrashuv bo'ldi, biroq biz uchun barchasi yaxshi yakunlandi.
La Ligadagi 100 uchrashuvda ishlaganimdan va tarixda ilk bor "Barselona"ni mag'lub etganimdan xursandman. Biz ancha qiynaldik, ayniqsa birinchi bo'limda. Bizning mavsum avvalidagi ilk maqsadimiz La Ligada jon saqlab qolish edi. Endi biz kelasi yil Evropa ligalarida o'ynamoqchimiz. Bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha ishni qilishga tayyormiz",-dedi Michel.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar