So’nggi yangiliklar

23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  14 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  5 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  1 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  2 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  6 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  96 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  17 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  3 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  2 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  3

"JFL-Tashkent" bolalar futbol klubiga azolikni boshladi Yangiliklar

"JFL-Tashkent" bolalar futbol klubiga azolikni boshladi

Teglar :  JFL-Tashkent
Toshkentda Germaniya metodikasi asosida "JFL-Tashkent" bolalar futbol klubi ochilayotganligi haqida xabar bergan edik.

Evropa metodikasini ilgari surayotgan klub, o'z oldiga O'zbekistonni turli yoshdagi terma jamoalariga istedodlarni tayyorlab berishni maqsad qilgan.

Unda 3 yoshdan 7 yoshgacha bitta cikl, 7 yoshdan 11 yoshgacha bitta ciklda talim joriy qilinadi.

Joylar chegaralangan. 7-11 yosh oralig'idagi bolalar uchun bor yo'g'i 60ta o'rin. Qolgan 9ta o'rin grand asosida taqdim etiladi.

2006-07 (23)

2007-08 (23)

2009-10 (23)

Barcha toifadagi mashg'ulotlar shartnoma to'lovi asosida bo'ladi. 7-11 yosh vakillari uchun 3 tadan grand (bepul) ajratiladi. U istedodli tarbiyalanuvchilar uchun taqdim etiladi.

O'zbekistondagi murabbiylar malakasini oshirish borasida, OFK instruktori Islom Ahmedov shug'ullanadi. SHuningdek, o'zbekistonlik mutaxassislar Germaniyada o'z malakalarini oshirib qaytadilar. SHu bilan bir qatorda, nemis mutaxassislari istedodlarni saralash uchun poytaxtimizga tashrif buyuradilar. 

"NBU Osiyo" sport arenasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan loyihada farzandingiz nafaqat futbol, balki, sportning suzish, tennis, akrobatika, shahmat, engil atletika turlari bilan ham shug'ullanadi. Undan tashqari, klub farzandingizni maktabdagi talim olish jarayonini ham jiddiy nazorat qiladi. Statistikaga ko'ra futbol klublaridan tarbiya topayotgan o'smirlarning 10% keyinchalik futbolchi bo'lib o'z yo'lini topadi. "JFL-Tashkent" falsafasiga ko'ra, futbolchi bo'la olmagan bola hayotda boshqa kasb bilan o'z o'rniga ega bo'lishi lozim. 

Klub azolari har oyning birinchi shanbasida madaniyat kunini o'tkazadilar. Unda bolalar yozuvchilari ishtirokidagi uchrashuvlarda ishtirok etadilar. Muzey va teatrga hamda tarixiy obidalarimizga (Samarqand, Buxoro...) sayohatlar amalga oshiriladi.

4 mart kuni 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar mashg'ulotlarni boshlaydilar. 

1 aprel kuni katta yoshdagi futbolchilar o'z yurishlarini boshlaydilar.

29 mart kuni maktabning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Unda o'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan yulduzlarimiz qatnashadilar.

Bizning shior, Sizning farzandingiz, bizning farzandimiz!

Malumot uchun telefon: +99894 639-4699 (soat 10:00dan 20:00ga qadar)

"JFL-Tashkent" ijtimoiy tarmoqlarda:

Facebook: "JFL-Tashkent" 

Telegram: "JFL-Tashkent" 


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика