So’nggi yangiliklar

19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  3 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  2 18:42"Ал Батаэҳ" — "Хорфаккан". Ғаниев асосий таркибда  0 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 17:13"Самахи" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  4 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  0 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  3 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  8

Jerrarddan Fonsekagacha yoxud “Nyukasl” bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar Yangiliklar

Jerrarddan Fonsekagacha yoxud “Nyukasl” bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar

Bir necha daqiqalar oldin “Nyukasl” rahbariyati bosh murabbiy Stiv Bryusni istefoga chiqarganini malum qildi.

Hozirda Bryusni o'rnini egallashi uchun bir nechta mutaxassislar nomzodi bor. Quyida bu o'ringa kelish ehtimoli yuqori bo'lgan murabbiylar bilan tanishamiz. 


Stiven Jerrard

SHotlandiya chempionligini qo'lga kiritgan “Reynjers”ni bugungi kunda Stiven Jerrard boshqarib kelmoqda. Tez fursat ichida Stiji glazgoliklarni etakchi jamoaga aylantirdi. U vaqti kelib “Liverpul”ni boshqaradi. Biroq hozirda Yurgen Klopp “qizillar”da muvaffaqiyatli ish yuritmoqda. Hozirgi vaqtda Jerrard “Nyukasl”ni boshqarishga rozi bo'lsa, u katta tajribaga to'plashi mumkin. Britaniya matbuotidagi berilgan malumotlarga ko'ra, “Nyukasl” klubi direktorlar kengashi allaqachon Stiven bilan aloqaga chiqqan hamda muzokaralarga kirishgan.


Frenk Lempard

“CHelsi” sobiq bosh murabbiyi London klubini tark etganidan so'ng birorta jamoada ko'rinish berganicha yo'q. Yozda “Kristal Pelas” tomonidan Lempard uchun taklif bilan chiqqan edi. Keyinchalik “burgutlar” Patrik Vieyra nomzodini maqullagandi. Frenk “CHelsi”da boshlagan ishini “Nyukasl”da davom ettirishi mumkin. “Qarg'alar”ning yangi xo'jayinlari qishda jamoa tarkibini kuchaytirish uchun yaxshigina sarmoya kiritmoqchi. Lempard kelishi esa saviyali ijrochilarning jalb qilinishiga xizmat qilishi mumkin.


Roberto Martines

Bugungi kunda Belgiya terma jamoasida ishlayotgan Roberto Martines ham “Nyukasl” short-listidan joy olgan. Aytish kerakki, Martines ilgari “Uigan” va “Everton”dagi faoliyatlari bilan Angliya Premer-ligasida tajriba olgan. “Nyukasl” esa Robertoni taklif qilish istagida bo'lmoqda. O'z navbatida Martines xizmatiga “Barselona” ham qiziqish bildirgan. Biroq u Kataloniyadan tushgan taklifga rad javobini bergandi. Faqatgina, tomonlarning o'zaro kelishib olishiga Belgiya futbol associaciyasi qanday reakciya ko'rsatishi so'roq ostida qolmoqda. 


Eddi Xau

“Bornmut” bilan APLda samarali ishlagan Eddi Xau ham “Nyukasl” bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Etibor qarating, Xau “olchalar”ni boshqargan kezlarida Natan Ake, Kallum Uilson va Joshua King kabi futbolchilarni kashf qildi. Bu kabi etakchilarning kuchli jamoalarga yo'l olishi oqibatida “Bornmut” kuchsizlanib qoldi. Rahbariyat esa ketganlarni o'rnini munosiblari bilan to'ldirib bermagani tufayli Xau istefoga chiqdi. Bugungi kunda ishsiz yurgan mutaxassis “Nyukasl”ni kuchaytira olishi mumkin. To'g'ri, uning nomi yuqoridagi hamkasblari kabi jarangdor emas. Biroq u izlanuvchanligi va ishiga yaxshi munosabatda bo'lishi “qarg'alar”ni foydasiga xizmat qilishi tabiiy. 


Paulo Fonseka

Portugaliyalik mutaxassis “Roma”da muvaffaqiyatli ishlab keta olmadi. Balki, unga to'liq imkoniyat taqdim qilinmagani sababli istefoga chiqqandir. Har holda chiroyli futbol tarafdori bo'lgan Fonseka ham “Nyukasl”ni boshqarish uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Avvalroq Paulo uchun APLdan bir nechta klublar taklif bilan chiqqan, tomonar so'nggi daqiqalarga kelib o'zaro kelisha olishmagandi. 


Lyusen Favr

Dortmundning “Borussiya” klubida to'liq o'zining ishi uslubini namoyon eta olmagan Favr “Nyukasl”ga kelishi mumkin. Agar u bosh murabbiy bo'lsa, klubni qanchalik kuchaytira olishini vaqt ko'rsatadi. Hozirda “CHelsi” va “Liverpul”da nemis mutaxassislari samarali ishlamoqda. Favr ham “qarg'alar” boshqaruvini qo'lga olsa, nemischa uslubni qo'llashi tabiiy. SHu jihati bilan u “Nyukasl”ning yangi xo'jayinlarining qarashlari mos tushishi mumkin.


Samandarbek tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика