Jerrard: "Vilyarreal" bilan durangdan baxtliman"
21 sen 2018 17:43
Yangiliklar
Jerrard: "Vilyarreal" bilan durangdan baxtliman"
"Reynjers" bosh murabbiyi Stiven Jerrard "Vilyarreal"ga qarshi kechgan Evropa ligasi uchrashuvi (2:2) haqida fikr bildirdi.
"Jamoa o'zini ikkinchi bo'limda yaxshi ko'rsatdi. Raqib saviyasi va turnir masshtabini hisobga olsak, bu eng yaxshi o'yinlarimizdan biri bo'ldi.
Uchrashuvdan futbolchilarimga ular "Vilyarreal" va guruhdagi boshqa jamoalarga muammo tug'dira olishini aytgan edi. Biz g'alabaga munosib edik deyish niyatim yo'q, chunki raqib uchrashuv oxirida bir nechta vaziyatlar yaratdi. Bu erga kelib, "Vilyarreal"dan ochko olish - bun natijaga o'yindan oldin rozi bo'lardim" - deydi Jerrard.
Fikrlar