Jerrard APL klubini boshqarishi mumkin
08 noy 2021 01:25
Yangiliklar
Jerrard APL klubini boshqarishi mumkin
"Aston Villa" rahbarlari Din Smitning istefosidan so'ng yangi bosh murabbiy izlay boshladi.
Manbaning takidlashicha, Angliya Premer-ligasi vakilining short-listiga ikki nafar taniqli mutaxassis kiritilgan. Gap Stiven Jerrard va Ralf Xazenxyuttl haqida ketmoqda.
Eslatib o'tamiz, ayni damda Stivi Ji SHotlandiyaning "Glazgo Reynjers" jamoasida ishlaydi, avstriyalik murabbiy esa "Sautgempton"ni boshqaradi.
Angliya chempionatining 16-turidan so'ng "Aston Villa" o'n ochko jamg'arib, turnir jadvalining 16-pog'onasida bormoqda. Navbatdagi o'yinni "sherlar" o'z maydonida "Brayton"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar