Jerrard 2013 yilda Suaresni "Arsenal"ga o'tish fikridan qaytargan ekan
15 mar 2019 18:45
Yangiliklar
Jerrard 2013 yilda Suaresni "Arsenal"ga o'tish fikridan qaytargan ekan
"Barselona" hujumchisi Luis Suaresning so'zlariga ko'ra, u 2013 yilning yozida "Arsenal"ga o'tishi mumkin edi.
"O'shanda biz Evropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritgandik, ammo mavsum omadsiz yakunlangan. "Arsenal"ga o'tmoqchi bo'lganman va bu men uchun to'g'ri qaror bo'lishiga ishonchim komil edi, biroq Jerrard quyidagi gaplarni aytgan: "Agar qolsang, keyingi yil "Barselona", "Bavariya" yoki "Real"ga o'tishing mumkin. "Arsenal"da senga yaxshiroq bo'lmaydi. Bu suhbatdan so'ng o'z agentimga qolishga qaror qilganimni aytdim. O'shanda uning so'zlariga ishondim. Bu gaplarni menga yaxshilik tilagan inson, haqiqiy sardordan eshitdim" - deydi forvard.
Fikrlar