So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  3 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  15

Jerar Ulening "Liverpul"dagi falsafasi qanday bo'lgan? Yangiliklar

Jerar Ulening "Liverpul"dagi falsafasi qanday bo'lgan?

Teglar :  LiverpulJerar Ule
O'z paytida "Liverpul"ni boshqarib katta natijalarga erishgan franciyalik murabbiy Jerar Ule fourfourtwo.com saytiga futbol falsafasi nimalardan iborat ekani haqida so'zlab berdi.

To'pni vaqtli egallash

- "Himoyalanishning yo'llari ko'p. Siz o'z darvozangiz yaqinida himoyalanib ham to'pni olib qo'yishingiz mumkin. Buning uchun orqadagi to'rtta himoyachiga katta masuliyat yuklanadi. Lekin eng yaxshisi to'pni maydon markaziga yaqinroq joyda, raqib hali jarima maydonchasiga etib kelmasdanoq olib qo'yishga urinishdir. Men "Liverpul"ni boshqarganimda biz ko'p hujum qilib, gollar urishga harakat qilardik. SHu bois vaqtliroq himoyalanishga o'tganmiz. Va ko'pincha to'pni maydonning raqib tomonida olib qo'yardik. Hozir to'pga jamoaviy tarzda ega chiqish avj olgan, lekin mening uslubim bunaqa emasdi. Men hujumkor yarim himoyachilarga ham bu ishni topshirardim".

Tezlikdagi tanaffus

- "Biz qarshi hujumda o'ynaydigan jamoa emasdik. Tezlik ustida ko'p ishlardik. To'p bizga tushdimi, imkon qadar tez hujumga o'tish kerak. Ko'p jamoalar bu usulni qisqa paslar orqali amalga oshirishadi, lekin hujum qilishning yo'llari ko'p va hujum uyushtirganda bazan tanaffus ham kerak. Jamoa charchab qolmasligi uchun vaqti-vaqti bilan o'yin tezligiga tanaffus qilib turish lozim. Buning uchun sizga to'pni uzoq masofaga oshirish qo'l keladi. Qolaversa, qanot futbolchilarining tezkorligi va portlovchi qarshi hujumlar jamoa foydasiga ishlaydi. Siz ikki yo uch marta to'p uzatish orqali tezda raqib jarima maydonchasiga kirib borishingiz mumkin".

Hujumchilarni taminlab turish

- "Barcha kuchli klublar hujumdagi tezkor uchlikka ega bo'lishni xohlashadi. Bizda shunday o'yinchi bor edi: Maykl Ouen. U o'ta tezkor, shu bilan birga vaziyatlardan foydalana oladigan hujumchi bo'lgan. Uning o'yinni o'qishi darajasi ham yuqori edi. SHuningdek, men o'ynatgan tarkibda Emil Xeski ham asosiy figuralardan bo'lgan. U jismoniy jihatdan baquvvat bo'lib, raqib himoyachilariga ko'plab qiyinchiliklar tug'dirardi. Sal orqaroqda o'ynagan Stiven Jerrard bilan Denni Merfi juda katta hajmdagi ishni bajarishardi. Hujumda muvaffaqiyatli o'ynash uchun hujumchilarni tez-tez to'p bilan taminlab turgan maqul".

"Ilon strategiyasi"

- "Kuchli jamoalarga qarshi o'yinlarda men doim har xil taktika ishlab chiqishga harakat qilganman. Mana shunday taktikalardan biriga "ilon strategiyasi" deb nom bergandim. Bir narsani nuntmang, hech qachon birinchi daqiqadan boshlab keskin hujumga o'tishni o'ylamaslik kerak. SHunday jamoalar bo'ladiki, ular hatto o'n kishi bo'lib himoyaga yotib olishadi. Ular ham kuchli, lekin ehtiyotkor. Men ishlab chiqqan "ilon strategiyasi" mana shunday o'yinlarda qo'l kelardi. Yani, biz xuddi ilonga o'xshab raqibni avrab sekin-asta o'z jarima maydonchasi tomon qamab borardik. Keyin birdan hujumga tashlanib gol urishga harakat qilardik. Buning uchun sizga uzun paslardan foydalanish shart emas, qisqa to'p uzatish orqali raqib darvozasi tomon yaqinlashib borasiz. Buning uchun avvalo sabrli bo'lish kerak. Keyin birdaniga raqibni "chaqasiz" va qarabsizki hujum gol bilan tugaydi".

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика