"Jenoa" "Real" xavbekini transfer qilishga yaqin
24 iyu 2019 12:00
Yangiliklar
"Jenoa" "Real" xavbekini transfer qilishga yaqin
"Real" yarim himoyachisi Lukas Silva "Jenoa"ga o'tishga yaqin turibdi.
Silva "Real" tarkibiga 2015 yil yanvarda kelib qo'shilgan. Uning "qaymoqranglilar" bilan tuzgan shartnomasi yana 1 yilga amal qiladi.
Lukasning "Real"da omadi chopmadi va "qirollik klubi" uni "Marsel" (2015-2016) va "Kruzeyro" (2017-2019) klublariga ijaraga berdi.
2016 yilda hatto yarim himoyachining yuragidagi muammolar sabab faoliyati yakunlanganligi ham elon qilingan edi, ammo bu xabar bir kun o'tib rad etilgan. Silva kuzga kelib to'liq sog'ayganini keng ommaga malum qilgan edi.
Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda atigi 8ta o'yinda maydonga tushdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar