JCH U-20. Uchinchi o'rin uchun bahs bo'lib o'tdi
19 okt 07:30
Yangiliklar
JCH U-20. Uchinchi o'rin uchun bahs bo'lib o'tdi
Bizning vaqt bilan tunda Chilida U-20 JCHning uchinchi o'rin uchun uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda Kolumbiya Franciyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv taqdirini bittagina gol hal qildi. Bronza uchun kechgan bahsning 2-daqiqasida Lotin Amerika jamoasi yarim himoyachisi Oskar Perea gol urdi va bu bahsdagi yagona gol bo'lib qoldi.
Shu tariqa, Kolumbiya Chili mezbonligida o'tayotgan musobaqada bronza medallariga ega chiqdi.
Final ertaga Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlanadi. Finalda Argentina va Marokash o'zaro bahs olib boradi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
ЖЧ-2026. Ўзбекистон K гуруҳида: Роналду Ўзбекистонга қарши!
Fikrlar