So’nggi yangiliklar

21:47Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0 (матнли трансляция)  213 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  0 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  4 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  1 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2 17:32Мбаппе Франция терма жамоаси ихтиёрини тарк этди  0 17:15U-19 чемпионати. "Пахтакор" Тошкент дербисида зафар қучиб, финалга йўл олди  2 17:07Леон Якирович: "Ўзбекистон сифатли ўйин кўрсатади, лекин натижа ўзимизга боғлиқ"  3 16:40Андрия Буркар: "Ўз ўйинимизни намойиш этсак, Ўзбекистонни қийин аҳволга тушириб қўямиз"  9 16:22ФИФА пенальтидан кейинги зарбани тақиқламоқчи  6

JCH saralash. Osiyo. 27 yanvargacha tanaffus Yangiliklar

JCH saralash. Osiyo. 27 yanvargacha tanaffus

Teglar :  JCH saralashOsiyo
16 noyabr kuni Osiyoda JCH saralash bosqichining uchinchi raund 6-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

SHunday qilib rasman ikkinchi davraga start berildi. Ikkinchi davra boshida jamoalar 1-turdagi raqiblari bilan takror kuch sinashishdi, bunda faqat uy va mehmon jamoa o'zgardi.  

"A" guruhidagi vaziyat. 6-tur natijalari

Iroq - Janubiy Koreya 0:3

Birinchi o'yinda: Janubiy Koreya - Iroq 0:0


Suriya - Eron 0:3

Birinchi o'yinda: Eron - Suriya 1:0 


Livan - BAA 0:1

Birinchi o'yinda: BAA - Livan 0:0


Saralashning ilk turida Janubiy Koreya o'z maydonida Iroq bilan 0:0 o'ynagandi. Dohada kechgan javob bahsida Son Xyong Min jamoadoshlari 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Bu o'yinni hamyurtimiz Ilgiz Tantashev boshqarib bordi va aytish mumkinki, u o'yinni yuqori saviyada boshqardi. 

Eron Suriyani har ikkala bahsda mag'lub etdi. Buning ustiga o'z darvozasidan gol o'tkazmadi. BAA ilk uchrashuvda Livanni enga olmagandi. Safarda kechgan bellashuvda amirlik futbolchilari 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytishdi. 

Guruhda Eron 16 ochko bilan peshqadamlik qilyapti va bu jamoani bir oyog'i bilan jahon chempionatida desak bo'ladi. Ikkinchi o'rindagi Janubiy Koreya hisobida esa 14 ochko bor. 

7-tur uchrashuvlari. 27 yanvar

Eron - Iroq

Livan - Janubiy Koreya

BAA - Suriya



"B" guruhidagi vaziyat. 6-tur natijalari

Xitoy - Avstraliya 1:1

Birinchi o'yinda: Avstraliya - Xitoy 3:0


Ummon - Yaponiya 0:1

Birinchi o'yinda: Yaponiya - Ummon 0:1


Vetnam - Saudiya Arabistoni 0:1

Birinchi o'yinda: Saudiya Arabistoni - Vetnam 3:1


O'z maydonida Xitoyni 3:0 hisobida mag'lub etgan Avstraliya safarda bu jamoa bilan 1:1 o'ynadi. Umuman Avstraliya oxirgi uchta bahsdan beri g'alaba qozona olmayapti. Buning natijasida Yaponiya guruhda ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 

CHunki yaponlar safarda Ummonni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytishdi. Bu jamoa o'z maydonida Ummonga kutilmaganda yutqazib qo'ygandi. Va oradan ko'p o'tmay, Yaponiya terma jamoasi o'z mavqeini tiklab oldi. Saudiya Arabistoni esa ikkala o'yinda ham Vetnamni deyarli qiyinchiliksiz mag'lub etdi. 

Guruhda Saudiya Arabistoni 16 ochko bilan birinchi o'rinda boryapti. Faqat Avstraliya bilan qo'lga kiritilgan durangni hisobga olmasak, saudiyaliklar beshta bellashuvda zafar quchishdi. Ikkinchi o'ringa ko'tarilib olgan Yaponiya esa 12 ochko to'pladi.  

7-tur uchrashuvlari. 27 yanvar 

Yaponiya - Xitoy

Avstraliya - Vetnam

Saudiya Arabistoni - Ummon

P.S. SHunday qilib navbatdagi tur bahslari 27 yanvar kuni o'tkaziladi. Saralash bosqichi tugashiga esa 4 tur qoldi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика