So’nggi yangiliklar

19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  1 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  7 18:28Про лига. Икки киши майдондан четлатилган ўйинда "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан муроса кўчасини танлади  0 18:15Скоулз МЮнинг ёзги трансфер кампаниясини қоралади  2 17:48Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади  12 17:26Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади  16 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  2 15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  8 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  3 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  3 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  11 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  20 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  2

JCH oldidan. Italiya-1934 Yangiliklar

JCH oldidan. Italiya-1934

Teglar :  Italiya-1934
JCH boshlanishiga ham oz vaqt qolmoqda. Biz o'tgan jahon chempionatlari haqida malumotlar bilan o'rtoqlashamiz.

Futbol tarixidagi ikkinchi jahon chempionati 1934 yilning 27 may-19 iyun kunlarida Italiya yashil maydonlarida o'tkazildi. Unda yana mezbonlar g'oliblikka erishdi.

SARALASH BOSQICHI

Ilk jahon chempionati yaxshi o'tgani uchun Italiyadagi turnirda qatnashish istagini bildirgan jamoalar anchagina ko'payib ketdi. FIFA turnirni 16 terma ishtirokida tashkillashtirmoqchi bo'lgandi, biroq rejalar o'zgarib, 32 terma bilan mundial o'tadigan bo'ldi. SHu boisdan o'sha turnirda ilk marta saralash bosqichi bo'lib o'tdi.

Ilk jahon chempionatida Evropa termalari qatnashmagani uchun urugvayliklar Boliviya va Paragvay bilan birgalikda Italiyaga borishni rad etishgan. SHu boisdan Argentina va Braziliya saralashlarsiz turnirda qatnashish huquqiga ega chiqishgan. O'shanda ilk (yagona) marta amaldagi chempion navbatdagi mundialda qatnashmagandi.

Evropadagi saralash bahslari anchagina shiddatli kechdi. JCH mezboni Italiya Greciyaga qarshi bahsda g'oliblikka erishdi. Jamoa "San-Siro"da 4:0 hisobida raqibini dog'da qoldirdi. Greklar yirik hisobdagi mag'lubiyat tufayli javob uchrashuvida qatnashishdan bosh tortdi. Ushbu turnirda ilk (yagona) marta mezbon terma vakillari saralashda qatnashishi kerak bo'lgandi.

SHuningdek, yana bir necha qiziqarli voqeliklar ham sodir bo'lgan. Saralashning bosh bir guruhida Evropaning ikki eng kuchli termalari Avstriya va Vengriya o'zaro kurash olib borishni istashmadi. Ular o'zlaridan ko'ra biroz kuchsizroq bo'lgan bolgarlar bilan bahs olib borishdi. Vengerlar ikki, avstriyaliklar esa bir marta ushbu raqib bilan uchrashuv olib borishdi.

STADIONLAR

Bolonya, "Littoriale". 38,279
Florenciya, "Jovanni Berta". 47,290
Genuya, "Luiji Ferraris". 36,703
Milan, "San-Siro". 55,000
Neapol, "Jorjo Askarelli". 40,000
Rim, "Nacionale PNF". 47,300
Triest, "Littorio". 8,000
Turin, "Benito Mussolini". 28,140

O'YINLAR

Birinchi raund
Germaniya - Belgiya 5:2
Argentina - SHveciya 2:3
Gollandiya - SHveycariya 2:3
CHexoslovakiya - Ruminiya 2:1
Avstriya - Franciya 3:2
Vengriya - Misr 4:2
Braziliya - Ispaniya 1:3
Italiya - AQSH 7:1

CHorak final
Germaniya - SHveciya 2:1
SHveycariya - CHexoslovakiya 2:3
Avstriya - Vengriya 2:1
Ispaniya - Italiya 1:1 (takr. o'yin. 0:1)

Yarim final
Germaniya - CHexoslovakiya 1:3
Avstriya - Italiya 1:3

3-o'rin uchun
Germaniya - Avstriya 3:2

Final
CHexoslovakiya - Italiya 1:2

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика