JCH-2026 saralashi. O'zbekiston MTJ Turkmanistonga qarshi oq libosda o'ynaydi
05 iyu 11:38
Yangiliklar
JCH-2026 saralashi. O'zbekiston MTJ Turkmanistonga qarshi oq libosda o'ynaydi
Xabaringiz bor, ertaga 6 iyun kuni JCH-2026 hamda OK-2027 qo'shma saralashi doirasida O'zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga qarshi bahs olib boradi.
Bugun ana shu qarama-qarshilik oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda OFK vakillari va mahalliy tashkiliy qo'mita tomonidan ishtirokchilarga o'yinga oid bir qator masalalar, xususan, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo'nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.
Ana shu uchrashuv yakunida O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda o'ynashi malum bo'ldi. Qo'shnilarimiz esa ertaga yashil libosda to'p tepishadi.
Fikrlar