So’nggi yangiliklar

00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  11 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  4 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  1

JCH-2022. Xorvatiya Kanada ustidan irodali g'alabaga erishgan holda o'z guruhida etakchiga aylandi, shimoliy amerikaliklar esa turnir bilan xayrlashishdi Yangiliklar

JCH-2022. Xorvatiya Kanada ustidan irodali g'alabaga erishgan holda o'z guruhida etakchiga aylandi, shimoliy amerikaliklar esa turnir bilan xayrlashishdi

JCH-2022 guruh bosqich 2-tur doirasidagi Xorvatiya – Kanada o'yini bo'lib o'tdi.

Xorvatiya – Kanada 4:1

Gollar: Kramarich (36, 70), Livaya (44), Mayer (90+4) – Devis (2)

Xorvatiya: Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa, Modrich, Kovachich, Brozovich, Perishich, Kramarich, Livaya.

Kanada: Boryan, Lareyya, Vitoriya, Miller, Jonston, Xatchinson, Eushtakiu, Larin, Devid, Byukenen, Devis.


Croatia

Andrej Kramaric - 36', Marko Livaja - 44', Andrej Kramaric - 70', Lovro Majer - 90'

World Cup Grp. F . 2-tur

27/11/2022, 21:00

1
:
4
Tugadi

Canada

Alphonso Davies - 2'

Stadion: Khalifa International Stadium, 44374 tomoshabin

Bosh hakam: Andres Matonte

45'
90'
36'  Andrej Kramaric
36'  Ivan Perisic
44'  Marko Livaja
44'  Josip Juranovic
56'  Dejan Lovren
60'  Marko Livaja (Bruno Petkovic)
70'  Andrej Kramaric
70'  Ivan Perisic
72'  Andrej Kramaric (Nikola Vlasic)
85'  Luka Modric
86'  Ivan Perisic (Mislav Orsic)
86'  Luka Modric (Mario Pasalic)
86'  Mateo Kovacic (Lovro Majer)
90'  Lovro Majer
90'  Mislav Orsic
2'  Alphonso Davies
2'  Tajon Buchanan
46'  Cyle Larin (Jonathan Osorio)
46'  Stephen Eustaquio (Ismael Kone)
52'  Tajon Buchanan
62'  Richie Laryea (Junior Hoilett)
72'  Jonathan David (Lucas Daniel Cavallini)
72'  Atiba Hutchinson (Sam Adekugbe)
85'  Kamal Miller



O'YIN YAKUNLANDI!


90+4. So'nggi nuqta! Xorvatiya osonlik bilan qarshi hujumdan gol urib ketmoqda. Gol muallifi esa Mayer, Orshichdan assist!

90. Bosh hakam ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berdi, o'rganib ham qoldik.

90. Orshich kutilganidek zarba bera olmadi. U sherigining pasidan so'ng jarima maydonchasi yaqinidan juda oddiy zarba yo'lladi.

88. O'yinning so'nggida kanadaliklar to'pga ko'proq egalik qilishmoqda, ammo endi Devis va uning sheriklari qaytishi o'ta qiyin bo'ladi.


– saytimiz fotografidan navbatdagi ijod namunasi.



81. Qatardan Tolibjon Qosimovning malum qilishicha, stadionda bugungi o'yinga 44374 muxlis tashrif buyurgani elon qilindi.

78. Boryandan ikkita seyv. Kanadaliklar posboni jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. Xorvatiya tarkibida zarbalarga Perishich va Brozovich mualliflik qilishdi.

73. Kanadada esa ikki o'zgarish: Xatchinson o'z o'rnini Adekugbega, David esa Kavalliniga bo'shatib berdi.

73. Xorvatiyada o'zgarish: dubl muallifi Kramarich o'z o'rnini Vlashichga bo'shatib berdi.

70. GOOOOL!! Perishichning qanotdan jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pini Kramarich raqib darvozasiga yo'lladi. Bu vaziyatda kanadalik o'yinchilar juda bo'sh harakat qilishdi.

68. O'yin tempi keskin pasaydi, jamoalardan "uyg'onish"larini kutib qolamiz.


– Tolibjon Qosimovdan navbatdagi suratlar. Ko'proq suratlarning Championat.Asia'ning telegram kanalida ko'rishingiz mumkin.



63. Alfonso Devis jarima zarbasida o'zini sinab ko'rdi, ammo uning yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.

62. Navbat Kanadaga: Xoylett Lareyyani almashtirdi.

60. Xorvatiyada o'zgarish: Livaya maydonni tark etdi, Petkovich uni almashtirdi.

56. Lovren sariq kartochka olmoqda, ham kechikib bo'lsa ham himoyachini jazoladi.

56. Ajoyib seyv ko'rsatish vaqti xorvatiyaliklar posboni Livakovichga keldi. U Devidning zarbasini chiroyli tarzda qaytardi.

54. Xorvatiya uchinchi golga juda yaqin keldi, ammo Boryanning ajoyib seyvi kanadaliklarni goldan saqlab qoldi.

52. O'yindan dastlabki sariq kartochka Kanada termasi o'yinchisi Byukenenga ko'rsatildi.

49. Osoroi! Zaxiradan maydonga tushgan futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan juda xavfli zarba berdi, ammo uning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi taymga start berildi!


– Ikkinchi taym oldidan Kanadada o'zgarish: Osorio va Kone maydonga tushdi, ular mos ravishda Larin va Eushtakiuni almashtirishdi.


– Ushbu o'yinda saytimiz fotografi Tolibjon Qosimov ishlamoqda, bu esa uning ijod namunalaridan bir nechtasi.



TANAFFUS


45+3. Xorvatiya o'yinni ancha kuchaytirdi, jamoa uchinchi golga qarab oshiqmoqda.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

44. GOOOOOOOL!!! Livayadan ajoyib gol. Uning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasi raqib darvozasidan o'rin oldi!

40. Eushtakiu jarohat olganga o'xshaydi. U maydonda yotibdi va shifokorlarni kutmoqda.

36. Kramarich! Xorvatiyaning pozicion hujumi bilan gol bilan yakunlanmoqda! Hujumchi Perishichning ajoyib pasidan so'ng darvozaga yaqin joydan uzoq burchakni mo'ljalga oldi.

35. Livaya! Xorvatiyalik o'yinchining jarima maydonchasi ichidan bergan kuchli zarbasini Livakovich qiyinchilik bilan bartaraf etdi. Xorvatlar hujumlarni ancha kuchaytirishdi.

26. GOOOOL! Yo'q, Kramarichning ajoyib goli o'yindan tashqari holat sabab bekor qilindi.

22. Livaya hisobni tenglashtirishi mumkin. Hujumchi darvozabon qarshisida juda noqulay kelgan to'pni oyog'ini qo'yishga ulgurdi. Ammo, uning zarbasi oddiy chiqdi va Livakovich osonlik bilan to'pni egallab oldi.

21. Yuranovichning oddiy joyda to'p yo'qotishi qimmatga tushishi mumkin edi. Xorvatlar baxtiga "Bavariya" o'yinchisi hujumni keskinlashtirish chog'ida sherigiga pas bera olmadi.

18. Hozircha o'yinda faqatgina bitta zarba ko'rdik va o'sha ham golga aylandi. Ikki jamoa ham, ayniqsa Xorvatiya jonlanishi kerak.

13. Xorvatiya hujumlarni biroz kuchaytirdi. Ammo, hozircha Dalich shogirdlari shimoliy amerikaliklarning goliga reakciya qila olishmayapti.

9. Devis Larinni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, ammo hakam kech bo'lsada o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

6. Darhaqiqat! Bu Kanadaning Jahon chempionati tarixidagi ilk goli!

2. GOOOOOOOL!!! Alfonso Devis hisobni ochmoqda. U qanotdan jarima maydonchasi ichiga tashlab berilgan to'pni boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi!



1. O'yin boshlandi!


– Davlatlar madhiyalari yangramoqda.

– Barchaga salom! Bugun sizlar bilan JCH-2022 "F" guruhi 2-tur doirasidagi Xorvatiya – Kanada o'yinini birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика